117
bayon etdi
va b. Sinonimlar til boyligi bo‘lib, avvalo shaxs va predmetlarning eng
nozik ma’no bo‘yoqlarini ifodalash uchun xizmat qiladi. Masalan:
Gulshanda
gullarni tebratar sabo, Adashgan yo
‘
lchiday daydib yurar yel. Men buyuk yurt
o
‘
g
‘
lidirman, Men bashar farzandiman.
Sinonimlar gapdagi takrorga yo‘l qo‘ymaydi. O‘rinsiz takror nutqqa zarar
yetkazadi. Sinonimlar badiiy uslub vositasi bo‘lib, adabiy tilni boyitish
manbalaridandir. Ona tili imkoniyatlarimizdan (
bet-yuz
) va boshqa tillardan so‘zlar
olish yo‘li bilan sinonimlik qatorlar kengayaveradi: Sinonimlar, asosan, boshqa
tillardan so‘z o‘zlashtirish natijasida yuzaga keladi:
sevgi (o
‘
zbek) - muhabbat
(arab); kuch (o
‘
zbek) - qudrat (arab); buyruq (o
‘
zbek) - amr (arab) - farmon
(tojik); ot (o
‘
zbek) - ism (arab); yozuvchi (o
‘
zbek) - adib (arab); manglay (o
‘
zbek)
- peshana (tojik); ko
‘
klam (o
‘
zbek) - bahor (tojik); qo
‘
shin (o
‘
zbek) - armiya (rus);
yurak (o
‘
zbek) - dil (tojik) - qalb (arab).
Sinonimlar nutqni ravon va ta’sirchan qiladi:
Erur bas chu husn-u malohat
senga, Yasanmoq, bezanmoq ne hojat senga. Shu qadar chiroyli, shu qadar go
‘
zal!
Minglab gulistondan afzaldur bu joy. Minglab gulistonga, minglab chamanga Bu
huzur ko
‘
rk bo
‘
lur undagi chiroy.
Ma’noni kuchaytirish va ta’kidlash uchun sinonimlar ketma-ketlikda
qo‘llanadi.
Ul-oyki, kula-kula yig
‘
latdi meni, yig
‘
latdi meni demayki, siqtatdi meni.
Falakdan, osmondan, ko
‘
kdan oshqay faxr etib boshim …(
Habibiy
) Ajoyib
husndor, go
‘
zal fasl bu! Sadoqatli, qadrdon, oshno-yu, do
‘
st-u yorim bor.
(
Habibiy
).
Tilimizda shartli sinonimlar ham uchraydi. H.Olimjon Ofeliyaning chiroyini
bo‘rttirish uchun
chiroy
so‘zi bilan qanoatlanmay,
Dostları ilə paylaş: