Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

o

t
so`zidan ham foydalandi:
 
Nega kerak edi, shu chiroy, shu o

t? Shu yoniq yulduzni ko

zga yashirmoq?
Ma’nodosh so‘zlar bir umumiy ma’noni ifodalasa ham, shu umumiy ma’noni 
qanday ifodalash nuqtayi nazaridan bir-biridan farq qiladi. Masalan: 
shivirlamoq, 
gapirmoq, baqirmoq, bo

kirmoq 
so‘zlari so‘zlash umumiy ma’nosi bilan bir xil 
bo‘lsa ham, ovozning baland-pastligiga ko‘ra farq qiladi. Shuningdek, 
to

ng

illamoq, ming

irlamoq, vaysamoq, javramoq 
so‘zlari ham so‘zlash umumiy 
ma’nosi bilan yuqoridagi so‘zlar bilan birlashadi, lekin ulardan salbiy bahoga 
egaligi bilan farq qiladi. 
Irod etmoq, bayon etmoq
singari so‘zlar kitobiy uslubga 
xoslanishi bilan farqlanadi;
bashar, siyna
poetik (badiiy) uslubda: 
bahor, quyosh
so’zlari ilmiy uslubda qo‘llanadi. Bunday sinonimlar uslubiy sinonimlar deyiladi. 
Bir ma’noni maqsadga muvofiq bo‘lgan bir necha so‘zlardan bittasini tanlash 
orqali ifodalsh mumkin. Bu bilan nutqning ta’sirchanligini oshirish orqali so‘z 
sehrini namoyon qilishga erishiladi. 
Sinonimik qatordagi so‘zlar ma’noni qay darajada ifodalashi jihatidan ham 
farqlanadi. Masalan, 
qiziq-g

alati-ajoyib-alomat-antiqa
sinonimik qatorida 
qiziq 
belgini neytral holda;
 ajoyib-alomat-antiqa 
so‘zlari belgini kuchli darajada; 
yaxshi-
durust-tuzuk
sinonimik qatorida
durust, tuzuk 
so’zlari belgini kuchsiz darajada 
ifodalaydi. Ayrim sinonimlarda sinonimik qatordagi so‘zlar nozik ma’nosi bilan 
farqlanadi. Bunday sinonimlarni (har doim ham) birining o‘rnida boshqasini 


118 
qo‘llab bo‘lmaydi;
ho

l-shalabbo; tiqillatdi-taqillatdi, dukillatdi-gursillatdi; 
kulmoq-jilmaymoq-irshaymoq-tirjaymoq.
Ba’zi sinonimlar ma’nosi va ishlatilishi jihatidan farq qilmaydi:
tilshunoslik-
lingvistika; respublika-jumhuriyat; doston-poema; kosmos-fazo.
Sinonimiya – bir ma’nodagi so‘z, ibora, gaplarni turlicha shaklda ifodalash 
usuli bo‘lib, uslubiyatning bir turidir. Sinonimiyaning quyidagi turlari mavjud: 
1. Leksik sinonimiya. 
2. Morfologik sinonimiya. 
3. Sintaktik sinonimiya. 
Bir tushunchani ayrim hollarda, ayniqsa, badiiy uslubda ikki va undan ortiq 
so‘z bilan ifodalash mumkin. Bular frazeologik sinonimlar deyiladi: 
quloq soldi, 
ko

zingi yog

 bosibdi, qo

l uchida (so

rashmoq), tilini uzun qildi.
O‘zlashma so‘zlar faqat o‘zbekcha so‘zlar bilangina emas, o‘zaro ham sinonim 
bo‘lishi mumkin:
hujum-ataka-hamla; josus-agent; mavzu-tema; muallif-avtor; 
sozanda-muzikant; muharrir-redaktor; aktyor-artist; shtraf-jarima. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin