Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Imlo lug

ati
so‘zlarning imlo qoidalariga binoan qanday yozilishini qayd 
etadi. Imlo lug‘ati (orfografik lug‘at) so‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatadi. 
Katta hajmli imlo lug‘ati 1976 yilda nashr etilgan, unda 65 ming so‘zning to‘g‘ri 
yozilishi qayd qilingan. O‘quvchilar uchun chiqarilgan maxsus imlo lug‘atida 17 
ming so‘zning to‘g‘ri yozilishi berilgan. 
3. 
Orfoepik lug

at
da so‘zlarning adabiy talaffuzi qayd etiladi.
4.
Morfem lug

at
da so‘zlarning morfem tuzilishi, ma’noli qismlari beriladi. 
Ular lingvistik maqsadlarda tuziladi. 
Morfemika
-so`zning ma`noli qismlari haqidagi ta`limot. Morfemika-
morfemalar haqidagi bo`lim. So`zning ma`noli qismlari
 morfemalar 
deyiladi. 
Morfema so`zning bo`linmas, eng kichik ma`noli qismidir. Morfemalar ikki 
xil bo`ladi: 
o`zak morfema 
va 
affiksal morfema

1. 
O`zak morfema
: so`zda albatta ishtirok etadigan, leksik 
(lug`aviy) ma`no ifodalay oladigan morfemadir. O`zak morfema so`z 
yasalishi uchun ham, shakl (forma) yasalishi uchun ham asos bo`ladi: 
gul
chilarimizni: o`zak morfema-
gul
2. 
Affiksal morfema
: (qo`shimcha morfema) mustaqil leksik 
(lug`aviy) ma`no ifodalay olmaydigan, so`zning leksik yoki grammatik 
ma`nolari shakllanishida xizmat qiladigan morfemadir. Affiksal morfema 
so`z tarkibida hamma vaqt ham ishtirok etavermaydi. Affiksal morfemalar 
(qo`shimchalar) vazifasiga ko`ra 3 xil bo`ladi:
1. 
So`z yasovchi affikslar
yangi so`z hosil qiladi, so`zning leksik 
(lug`aviy) ma`nosi shakllanishida ishtirok etadi. Ot, sifat, fe`l, ravish 
yasovchi barcha affikslar so`z yasovchi hisoblanadi: gulla


124 
2. 
So`z shaklini hosil qiluvchi
(forma yasovchi) affikslar so`z ma`nosiga 
ta`sir etib, uni bir oz o`zgartiradigan, ammo yangi so`z hosil qilmaydigan 
qo`shimchalardir. Sonlardagi -ta, -tacha, otlardagi kichraytish-erkalash
qo`shimchalari (-cha, -jon, -xon, -loq...); qarashlilikni bildiruvchi qo`shimcha 
(-niki); -dek, -day qo`shimchalari, ko`plik qo`shimchasi (-lar), fe`l nisbatlari, 
fe`l mayllari qo`shimchalari, sifat darajalari qo`shimchalari shakl yasovchi
hisoblanadi. 
3. 
So`z o`zgartiruvchi
qo`shimchalar so`zning ma`nosiga umuman ta`sir 
etmaydi. So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar sintaktik munosabat (so`zlarni 
o`zaro biriktirish) uchun xizmat qiladi.So`z o`zgartiruvchi qo`shimchalarga 
kelishik, egalik, shaxs-son
qo`shimchalari kiradi. 
Ba`zi adabiyotlarda qo`shimchalarning vazifasiga ko`ra turlari ikki xil 
deb ko`rsatiladi. Bunda so`z o`zgartiruvchi qo`shimchalar shakl yasovchi 
qo`shimchalar guruhida beriladi. 
Qo`shimchalar tuzilishiga ko`ra sodda va murakkab (qo`shma) 
bo`ladi.
1.
Sodda affikslar
: -chi,-la,-lik,-lar... 
2.Murakkab (qo`shma) affikslar
:-chilik,-garchilik,-lan,-lash, larcha:
 
yo`qchilik, yog`ingarchilik, otlan, salomlash, o`rtoqlarcha

Quloqchin, yuksal, yuksak, qattiq, kunda,chindan
so`zlari ma`noli 
qismlarga ajralmaydi. 
Demak, o`zak va qo`shimchalar so`zning ma`noli qismlari hisoblanadi.
5.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin