131
ketlikda qo‘shilishidan dalolat beradi. Bunday hollarda o‘zak va qo‘shimchalar
chegarasi sezilib turadi. Agglutinativ tillarda so‘z shakllari o‘zgarmas holda
qo‘shiladigan affikslar yordamida yasaladi. Bunday tillarda
affikslar asosan bir
grammatik ma’noni ifodalaydi. Masalan,
-lar
faqat ko‘plik qo‘shimchasi sifatida
qaraladi. Mazkur qo‘shimchaning boshqa hollarda ifodalagan hurmat, kesatiq,
kinoyani bildiruvchi grammatik ma’nolari uslubiy jihatlari hisoblanadi.
Ta’kidlanganidek, turkiy tillarda (o‘zbek tilida) o‘zakka
dastavval, so‘z
yasovchi qo‘shimchalar (morfemalar), keyin lug‘aviy shakl yasovchi va oxirida
sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar birikadi:
tila-k-lar-imiz-ni
. Bu qat’iy qoida
morfem tahlilda, ya’ni so‘zlarni ma’noli qismlarga ajratishda ham muhim.
Masalan,
o
‘
rtoqlarcha, mardlarcha
so‘zlari
o
‘
rtoq-lar-cha, mard-lar-cha
ko‘rinishida emas
, balki o
‘
rtoq-larcha, mard-larcha
tarzida ma’noli qismlarga
ajratiladi.
O‘zbek tilidagi affiksal morfemalar o‘zak morfemadan keyin qo‘shilish
xususiyatiga ega.
Shu jihatdan, old qo‘shimchalar o‘zbek tili tabiatiga xos emas.
Tilimizdagi
ser-(sersuv), no-( nomard), be-(begunoh), ba-(badavlat)
... kabi old
qo‘shimchalar fors-tojik tiliga xos bo‘lib, ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma’rifiy
omillar ta`sirida o‘zbek tiliga o‘zlashib ketgan. Old qo‘shimchalar rus-baynalmilal
so‘zlarida ham uchraydi.
Flektiv tillarda o‘zak morfema va affiksal morfema chegaralari sezilmaydi. Rus
tili, arab tili flektiv tillarga mansubdir:
видет-вижу; ходит-хожу; hukm-
mahkama-hokim-hakam-mahkum; fikr-tafakkur-mutafakkir; zulm-zolim-mazlum;
hol-ahvol; xulq-axloq; she’r-ash’or.
Dostları ilə paylaş: