Grammatik forma ( shakl) yoki so
‘
z formasi
So’zning ma’lum bir grammatik ma’no ifodalovchi shakli so’zning
grammatik formasi (shakli)
deyiladi. Grammatik ma’noni ifodalovchi morfema
grammatik ( morfologik) ko’rsatkich
ham deyiladi. Masalan, ko‘plikning
grammatik ko‘rsatkichi-lar; bosh kelishik va bo’lishlilik ko‘rsatkichi yo‘q (nol
ko‘rsatkichli). Grammatik shakl (so‘z formasi) ning uch xil turi mavjud:
1.Affikslar (qo
‘
shimchalar):
uyni, uydan, uyga; o’qiyapman, o’qiyapsan,
o’qiyapti.
Affikslar yordamida yasaluvchi forma sintetik forma deyiladi.
2.Yordamchi so
‘
zlar
orqali hosil bo’luvchi forma;
ukam uchun, park
tomon, o‘qib ko‘r, o‘qib chiq.
Yordamchi so’z vositasida yasaluvchi forma analitik
forma deyiladi.
3.Juft va takroriy shakl:
qozon-tovoq, yaxshi-yomon
juft formalari
umumlashtirish ma’nosini;
baland-baland, qator-qator
, kula-kula kabilar ko‘plik,
takror, ta’kid ma’nosini ifodalaydi.
Leksikologiya
so‘z (leksema)larni, ularning atash ma’nolarini o‘rgansa,
morfologiya
so‘zning grammatik ma’nolari va bu ma’nolarni ifodalovchi
shakllarni, ya’ni so‘zning morfologik shakllarini o‘rganadi. Morfologiya so‘z
turkumlari va ularning grammatik shakllari, grammatik ma’no yuzasidan bahs
yuritadi.
So
‘
z turkumlari.
So‘zlarni turkumga ajratish tilshunoslik fan sifatida
shakllangan dastlabki davrlardanoq boshlangan. Dastavval, hindlar so‘zlarni
otlar,
fe’llar, yordamchilar
ga ajratgan. Keyinchalik, arablar
ismlar, fe’llar, yordamchi
so‘zlar
tarzida guruhlagan. Bir qator xalqlar ismlar ichidan
ot, sifat, son, olmosh,
fe’l
ni ajratishgan. Hozirgi turkiy tillarda ismlar nomi ostida bir necha so‘z turkumi
mujassamlangan. Jumladan, o‘zbek tilshunosligida ot, sifat, son, olmosh, sifatdosh,
harakat nomi, taqlid so‘z ismlar guruhi ostida birlashtirilgan. Ismlarni
birlashtiruvchi asosiy omil ularning ko‘plik, kelishik, egalik shakllarini olish
xususiyatiga ega ekanligidir.
|