Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Asosdosh so‘zlar. 
Bir umumiy asosga ega bo‘lgan so‘zlar asosdosh so‘zlar 
hisoblanadi. 1.Bog‘, bog‘bon, bog‘cha. 2. O‘r, o‘roq, o‘rim.3. O‘t, o‘tloq, o‘toq, 
o‘tla. 4.Gul, gulchi, gulzor, guldor, guldon. 5. Chiz, chizg‘ich, chiziq, chizma. 
6.Paxta, paxtakor, paxtazor. 7. Ter, terim, terimchi.8. Bil, bilim, bilimli, bilag‘on, 
bilimdon. 9.Tug, tugun, tuguncha.Ish, ishchi, ishchan, ishli, ishla. 10. Tuz, tuzdon, 
tuzli, tuzsiz, tuzla. 11. Oq, oqlik, oqardi.12. O‘qi, o‘quvchi, o‘qituvchi. 13. Kitob, 
kitobxon. 14. Kasal, kasallik, kasalxona. 15.Kasb, kasbdosh. 16. Ot, otboqar, 
otlanmoq. 17.Och, ochlik, ocharchilik, ochko‘z. 18. To‘lqin, to‘lqinli. 19.To‘g‘ri, 
to‘g‘rilik, to‘g‘rilandi. 20.Uzun, uzunlik, uzunchoq. 21.Xat, dastxat.22.Don, 
donxo‘rak, donlamoq. 23.Dori, dorixona, dorilangan. 24.Joy, joyladi, joylandi. 
25.Zo‘r, zo‘ravon, zo‘rlik, zo‘rg‘a. 26.Iz, izladi, iztopar.
 
Savol va topshiriqlar 
1.Morfologiyaning o‘rganish ob'ektini izohlang. 
2.So‘z turkumlari va turkumlarga ajaratish tarixi haqida ma'lumot bering. 
3.Grammatik ma'no va uning xususiyatlarini bayon eting. 
4.Lug‘aviy shakllar haqidagi tushunchalaringizni bayon etingyu 
5. Affikslarni ajratish mezonlariga munosabat bildiring. 
 
Testlar 
1. Aytib berib tura qol
shaklidagi birikuv qaysi qatorda to‘g‘ri izohlangan? 


132 
A) aytib berib-ko‘makchi fe’l, tura qol-mustaqil fe’l. 
B) aytib berib tura-mustaqil fe’l, qol-ko‘makchi fe’l. 
S) aytib berib-mustaqil fe’l, tura qol-ko‘makchi fe’l. 
D) aytib-mustaqil fe’l, berib tura qol-ko‘makchi fe’l. 
2. Turlanish hodisasi qaysi so‘zlarga xos? 
1) sifatdosh; 2) son; 3) ot; 4) ravishdosh; 5) harakat nomi; 6) olmosh. 
A) 3
B) 1, 3, 4, 5, 6
S) 3, 6
D) 3, 5, 6 
3. Quyidagi grammatik ko‘rsatkichlardan qaysi biri otning grammatik 
shakllanishida har doim ham qatnashavermaydi? 
A) egalik B) son S) kelishik D) egalik 
4.
 Shu mustaqillik sharofati bilan bizning o

z tilimiz, urf-odatlarimiz, tariximiz, 
jamiki merosimiz - hammasi o

z qadrini topdi.
Ushbu gapda qo‘llangan olmoshlar 
miqdorini aniqlang. 
A) 4ta B) 3ta S) 2ta D) 5ta 
5.Qaysi gapdagi kelishik qo‘shimchasini ko`makchi bilan almashtirib 
bo‘lmaydi? 
A) Sizga atagan qo‘shiqlarim bor.
B) Shu yo‘ldan yurib, murodga etdik. 
S) Saharlab shaharga yo‘l oldi. D) Zavq bilan kuldi. 
6. Quyidagi yasama sifat va otlarning qaysi biri fe’lning bo‘lishsizlik shakli 
bilan omonimik munosabatda bo‘ladi? 
A) qo‘llanma B) qazilma S) qotishma D) moslama 
7.Tilshunoslikning morfologiya bo‘limiga oid atama (termin)lar qaysi qatorda 
berilgan? 
A) grammatik ma’no, modal so‘z, buyruq mayli 
B) ot- kesim, fe’l, undalma 
S) bosh so`z, ergash so`z, morfologik yozuv qoidasi 
D) modal so‘z, undov so‘z, kirish so‘z 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin