Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə130/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

So

z birikmasi 
Tobe qismning hokim qismga kelishik, egalik qo‘shimchalari, ko‘makchilar va 
tobelashtiruvchi ohang yordamida bog‘lanishi so‘z birikmasi deyiladi. Tobe 
bo‘lakni hokim bo‘lakka bog‘lovchi vositaning qo‘shilish o‘rni ikki xil bo‘ladi: 
kelishik, ko‘makchi va ohang tobe qismga, egalik qo‘shimchasi esa hokim qismga 
qo‘shiladi.
Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka ko‘makchilar yordamida bog‘langanda, ko‘p 
hollarda kelishik bilan birgalikda yoki kelishik bilan almashinib qo‘llanishi 
mumkin. Natijada kelishik qo‘shimchalari va ko‘makchilar sinonimiyasi vujudga 
keladi. Kelishik qo‘shimchalari bilan ko‘makchilar o‘zaro sinonimik munosabatda 
bo‘lsa ham, ular o‘rtasida ma’lum ma’no farqlanishi mavjud. Kelishik 
qo‘shimchasi yordamida bog‘langanda hokim bo‘lak ifodalagan harakatning 
chiqish yoki yo‘nalish nuqtasi aniq, ko‘makchi yordamida bog‘langanda esa 
noaniq bo‘ladi. 
Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka qaratqich kelishigi va egalik qo‘shimchasi 
yordamida bog‘langanda ikki tomonlama bog‘lanish ro‘y beradi. Tobe bo‘lak 
qaratqich kelishigi qo‘shimchasini, hokim bo‘lak esa egalik qo‘shimchasini oladi. 
Bunday bog‘lanishda tobe qism 
qaratqich, 
hokim qism 
qaralmish 
deb ham 
nomlanadi:
 uzumning
(qaratqich) 
sharbati
(qaralmish). 
Agar hokim bo‘lak sof fe’l bilan ifodalansa va fe’l 
kimni? nimani? qayerni? 
so‘roqlariga javob bo‘hivchi so‘zni talab qilsa, tobe bo‘lak tushum kelishigida 
qo‘llanadi, hokim bo‘lak egalik qo‘shimchasini olgan ot, ba’zan harakat nomi va 
sifatdosh bilan ifodalansa, lobe bo‘lak qaratqich kelishigida qo`llanadi. 


135 
Tobe bo‘lak hokim bo‘lakka boglanib, hokim bo‘lak talab etgan sintaktik 
vazifada keladi. Ana shu vazifa gap bo‘lagi nomi bilan yuritiladi. 
So‘z birikmasi hokim so‘zning qaysi turkumga oid so‘z bilan ifodalanishiga 
qarab, ikki guruhga bo‘linadi: otli so‘z birikmasi, fe’lli so‘z birikmasi.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   126   127   128   129   130   131   132   133   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin