134
1.Teng bog‘lanish – ikki so‘zning teng huquqli, biri ikkinchisiga bo‘ysunmay
bog‘lanishi:
opam va kitob, uy va tom
kabi.
Bir xil gap bo‘lagi vazifasida kelib,
ko‘pincha bir xil so‘roqqa javob bo‘luvchi bo‘laklarning o‘zaro teng bog‘lovchilar
yoki sanash ohangi yordamida bog‘lanishi
teng bog
‘
lanish
sanaladi:
Ular Hofiz,
Navoiy, Bedil va Fuzuliy baytlarini tahlil qilib... o
‘
tirishardi.
So‘zlarning teng bog‘lanishi so‘z qo‘shilmalarini hosil qiladi. So‘z
qo‘shilmalarida har bir so‘z ma’no mustaqillligini,
alohida-alohida narsalarni
nomlab kelish xususiyatini saqlab qoladi:
opam va kitob, siz bilan biz
kabi.
So‘z qo‘shilmalarida so‘zlar sanash ohangi (yozuvda vergul) yoki teng
bog‘lovchilar vositasida birikadi.
2. Tobe bog‘lanish – bir so‘zning (tobe so‘zning) boshqa bir so‘zga (hokim
so‘zga) bo‘ysunishi orqali bog‘lanishi:
opamning kitobi, uyning tomi
kabi. Bir
bo‘lakning boshqa bo‘lakka
kelishik, shaxs-son, zamon qo‘shimchalari,
ko‘makchilar va so‘z tartibi va ohang yordamida bog‘lanishiga
tobe bog
‘
lanish
deyiladi. Tobe bog‘lanish doimo ikki qismdan iborat bo‘ladi: tobe qism va hokim
qism. So‘roq bog‘lanib kelgan qism hokim, so‘roqqa javob bo‘lib
keluvchi qism
tobe qismdir:
chiroyli (qanday?) ko
‘
ylak, go
‘
zal (qanday?) mamlakat; dalaga
(qayerga?) bormoq.
So‘zlarning tobelanish asosida bog‘lanishi so‘z birikmalarini hosil qiladi va
so‘z birikmasi ikki va undan ortiq so‘zdan iborat bo‘lishiga qaramay,
bitta
tushunchani ifodalaydi:
opamning kitobi, qizil gul, uyga kirmoq.
Dostları ilə paylaş: