136
So
‘
z birikmasi va qo
‘
shma so
‘
z.
So‘z birikmasida ham, so‘zda ham qismlar bir
xildagi so‘z turkumlariga oid bo‘lishi, har ikkalasi ham bir xil grammatik shaklga
ega bo‘lishi mumkin. Bu ularning shakliy o`xshashligidir. Lekin so‘z
birikmasidagi qismlar ma’no mustaqilligini saqlagan bo`ladi. Qo‘shma so‘z
ma’nosi tarkibidagi qismlarning ma`nosi orqali anglashiladi. So‘z birikmasidagi
qismlar orasida
grammatik aloqa sezilib turadi, qo‘shma so‘z
qismlari orasidagi
grammatik aloqa esa yo‘qolgan bo‘ladi. So‘z
birikmasini tashkil qilgan
qismlarning har biriga alohida-alohida so‘roq berish mumkin:
kitobni
(nimani?)
o`qimoq, uydan
(qayerdan?)
chiqmoq
kabi. Qo‘shma so‘zlarga esa yaxlit bir savol
beriladi:
kungaboqar (nima?), kamquvvat
(qanday?).
So‘z birikmasining qismlari o‘z mustaqil so‘z urg`usini saqlagan bo‘ladi
(
uyning eshigi, xatni o
‘
qidim, tez yugurdi
), qo‘shma so‘z esa umumiy bir urg‘uga
ega bo‘ladi (
oq ko
‘
ngil,
bilakuzuk, Yangiqo
‘
rg
‘
on
).
Qo‘shma so‘zlarning ko‘pi tarixan so‘z birikmalari asosida yuzaga kelgan.
Dostları ilə paylaş: