Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə140/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

 
Dunyo tillari turli tamoyillar asosida tasnif qilinadi. Tasniflashda 
morfologik, tipologik, geneologik tamoyillar asosida yondashiladi.
 
Dunyo tillari morfolik tamoyilga asosan to‘rt guruhga ajratiladi: 
agglyutinativ, flektiv, amorf, polisintetik tillar. Turkiy tillar, yapon tili 
agglyutinativ hisoblansa, rus, arab tillari flektiv tillar guruhiga kiradi.
 
Tillarni guruhlarga ajratishda bir qancha mezonlar mavjud: so‘zlar
tartibi yoki tarixi asos qilib olinishi mumkin. Biz ikki narsani oldindan 
belgilab olishimiz kerak. Avvalo, tillar qiyosida ikki til elementlari o‘zaro 
zidlanadi, ikkinchidan, vengr tilidagi bir so‘z ingliz tilidagi bir necha tillarga 
o‘xshab ketishining sababi. Ingliz tilidagi so‘zlar o‘zaro morfemalarsiz 
bog‘lanadi. Vengr tilidagi morfologik kompleksli so‘zlar ingliz tilidagi so‘zlarda 
ajratiladi. Masalan, (15) elallatiasodottsagaban so’zi. Vengr tili agglyutinativ til 
bo‘lganligi uchun uzun so‘z bir necha morfemalardan iborat bo‘ladi, ular 
o‘zaro ajraladi va ularning hammasida sezilarli ma’no bo‘ladi: 
el+allat+i+as+od+ott+sag+a+ban va ingliz tilida har bir morfema yangi so‘zga 
o‘xshab ketadi. Biz buni ingliz tilidagi ko‘pgina so‘zlarning morfemalardan 
tashkil topganidan ham ko‘rishimiz mumkin; egyiink, evett, enni kabi 
so‘zlardagi e nimani bildiradi? Bu kabi so’zlar flektiv tillarga xosdir. Ya’ni e 
morfemasi moslashuvchan. Flektiv tillarda so‘zlarning qaysi morfema bilan 
boshlanishi yoki tugashi aniq emas. 31 
Affiksal morfemalar o‘zak morfemaga birikish xususiyatiga ko‘ra muayyan 
tilning o‘ziga xos jihatlarini namoyon qiladi. O‘zak morfemalarning tabiatiga 
ko‘ra tillar asosan 
agglutinativ va flektiv 
tillarga bo‘linadi 
32

31
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 2006.-P.42 
32
Agglyutinatsiya-lotincha «yopishtirish» ma’nosini; fleksiya «bukilish» ma’nosini anglatadi.


143 
Turkiy tillar, jumladan, o‘zbek tili affiksal morfemalari tabiatiga ko‘ra 
agglyutinativ hisoblanadi. Agglutinatsiya «ketma-ketlik», «yopishtirish» 
ma’nosidagi so‘z bo‘lib, qo‘shimchalarning o‘zakka ma’lum tartib va ketma-
ketlikda qo‘shilishidan dalolat beradi. Bunday hollarda o‘zak va qo‘shimchalar 
chegarasi sezilib turadi. Agglutinativ tillarda so‘z shakllari o‘zgarmas holda 
qo‘shiladigan affikslar yordamida yasaladi. Bunday tillarda affikslar asosan bir 
grammatik ma’noni ifodalaydi. Masalan, 
-lar 
faqat ko‘plik qo‘shimchasi 
sifatida qaraladi. Mazkur qo‘shimchaning boshqa hollarda ifodalagan hurmat, 
kesatiq, kinoyani bildiruvchi grammatik ma’nolari uslubiy jihatlari
hisoblanadi. 
Ta’kidlanganidek, turkiy tillarda (o‘zbek tilida) o‘zakka dastavval, so‘z 
yasovchi qo‘shimchalar (morfemalar), keyin lug‘aviy shakl yasovchi va oxirida 
sintaktik shakl yasovchi qo‘shimchalar birikadi: 
tila-k-lar-imiz-ni
. Bu qat’iy 
qoida morfem tahlilda, ya’ni so‘zlarni ma’noli qismlarga ajratishda ham 
muhim. Masalan, 
o

rtoqlarcha, mardlarcha
so‘zlari 
o

rtoq-lar-cha, mard-lar-cha
ko‘rinishida emas
, balki o

rtoq-larcha, mard-larcha 
tarzida ma’noli qismlarga 
ajratiladi. 
Flektiv tillarda o‘zak morfema va affiksal morfema chegaralari sezilmaydi. 
Rus tili, arab tili flektiv tillarga mansubdir: 
видет-вижу; ходит-хожу; hukm-
mahkama-hokim-hakam-mahkum; fikr-tafakkur-mutafakkir; zulm-zolim-mazlum; 
hol-ahvol; xulq-axloq; she’r-ash’or. 
Geneologik tasnif tillarni kelib chiqishiga ko‘ra muayyan guruhlarga ajratadi. 
Dunyoda yigirmadan ortiq til oilasi bor. Hozirgi vaqtda tarixi o‘rganilib, 
qardoshligiga, yaqinligiga ko‘ra ajratilgan til oilalari quyidagilardan iborat.
Hozirgi tilshunoslik fanida tillar o‘rtasida genetik aloqadorlikning yangi 
qirraralari ochilmoqda. Taxminan 200 til oilasidan 22tasi Yevrosiyoga, 20ga 
yaqini Afrikaga, qolganlari Amerika, Avstraliya, Yangi Gvineyaga to‘g‘ri keladi.
XIX asr oxirida, asosan, 4 ta til oilasi ajratilgan: turkiy, mo‘g‘ul, tungus-
manchjur, koreys tillari. XX asrda mazkur tillarning qardosh ekanligi ta’kidlandi 
va umumlashtirilib 
oltoy tillar oilasi
deb nomlandi. Bu kabi an’anaviy til 
oilalaridan kengroq bo‘lgan, bir-biriga qardoshligi to‘la asoslanmagan til oilalarini 
“makro ti loilalari” deb nomlash taklif qilingan. V.M.Ilyich-Svitich tadqiqotlarida 
aks etgan nostratik gipoteza (lotin tilida 
noster
“bizniki” ma’nosini beradi) til 
oilalarini yanada kengroq doiradagi genetik asosga birlashtirishni nazarda tutadi. 
Nostratik makrotiloilasiga hind-yevropa, ural, oltoy, kartvel, dravid tillari 
kiritilgan. Bu tillar o‘rtasidagi o‘xshashlik, asosan, olmoshlarda kuzatiladi:
tаtар. 
мин,
mоrd. 
мон
, “men”; zаnsк.
 munens
, rus. 
мне
;
mаr. 
тый,
mo‘g‘. 
сі
(>
x
ti), rus. 
ты
;
udm. 
ми 
, teleut 
тети
, xaysa 
ти
, rus. 
мы
;
komi 
тайо
, mo‘g‘. 
tere
, rus. 
тот
;
o‘zb. 
ким,
fin. 
кеп
, somali 
кита
“kim”. 
O‘zaro o‘xshashlik bir qator leksik asoslarda ham kuzatiladi:
turkiy 
qulaq
, gruz. 
quri 
“quloq”, fin. 
kuule
, yun. 
klyo
“eshitmoq”;
turkiy 
qaryn
“qorin”, arab. 
qurb
, tamil 
каrирраi
, lat. 
 соrpus
“tana”; 


144 
mo‘g‘.
 mоren
“daryo”, tamil 
marai
“yomg‘ir”, rus 
море

turkiy
 tuman
, rus. 
темный

turkiy 
kelin,
lat.
glоs
, rus 
золовка,
fin. 
kаly
“ukaning xotini”;
turkiy
 qara
, teleut
kari
.
 
Nostratik gipoteza muayyan faktik materiallarga ega bo‘lsa-da, hali 
ko‘pchilik tomonidan e’tirof etilgan emas. 
Oltoy tillari o‘rtasida ko‘plab o‘xshashliklar kuzatiladi. Masalan:
turkiy – 
qol
, xalxa – 
гол 
(geografik nom), manchj. 
доlо
, kor. 
кол 
“vodiy”; 
turkiy 
baj
, mo‘g‘. 
 bajan,
tung.-manchj.
bajan 
“boy”; 
turkiy
 bek, beki
, tung.-manchj. 
beki
“berk”; 
turkiy 
san 
“sana”, mo‘g‘.
sana-
“bilmoq”, tung.-manchj. 
sа-
“bilmoq”; 
mo‘g‘.
moren
“daryo”, evenk. 
му
, kor. 
мул
“suv”; 
mo‘g‘. 
modun
, tung-manchj.
то
“daraxt”, kor. 
мой 
“o‘rmon, tog‘”. 
O‘zbek tilidagi 
мен
mo‘g‘ul tilidagi 
minu
“menga”, evenk tilidagi 
минду 
“menga” so‘zlariga mos keladi. O‘rin-payt kelishigi turkiy tillarda -
da
, mo‘g‘ul 
tilida -
da,
tungus-manchjur tilida 
-de
.
33
Turk, mo‘g‘ul, tungus-manchjur, koreys tillarida aksariyat o‘rinlarda fonetik 
moslik kuzatiladi.
Oltoy oilasidagi tillarning o‘xshashligi, ayniqsa, so‘z yasalishi tizimida 
yaqqol namoyon bo‘ladi.
Til oilalarini o‘rganish tilshunoslarning dastlabki e’tiborida bo‘lgan. 
Jumladan, oltoy tillari oilasiga kiruvchi tillar xususida tadqiqotlar olib borilgan. 
Xususan, N.A. Baskakovning “Алтайская семья языков и ее изучение”; 
V.Kotvichning “Исследование алтайских языков”, N.P. Direnkovaning 
“Грамматика алтайского языка” kabi izlanishlari shular jumlasidandir. 
Tillarni bir-biriga muqoyasa qilib, taqqoslab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, 
ba’zi tillardagi so‘zlarning ma’nolari, shakllari, grammatik xususiyatlari bir-
biridan juda katta farq qiladi. Albatta, bunday tillar bir-biriga yaqin, qardosh tillar 
bo‘la olmaydi. Ammo ba’zi tillarning tuzilishi, grammatik xususiyatlari, shu 
tillardagi so‘zlarning paydo bo‘lish manbai, so‘z shakllari va ma’nolari bir-biriga 
ancha yaqin bo‘ladi. Bunday tillar bir umumiy o‘zakli tildan kelib chiqqan bo‘lib, 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin