145
o‘zlashgan. Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining arab tili yoki rus tili bilan qardosh
til ekanligiga asos bo‘lolmaydi,
chunki birinchidan, bunday tillarning qarindosh
ekanligini isbot qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la olmaydi. Ikkinchidan,
har bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan so‘zlar juda ozchilikni tashkil
etadi va ularning grammatik xususiyatlari butunlay boshqacha bo‘ladi.
Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida turli
munosabatlar tufayli boshqa
tillardan kirib qolgan bunday tasodifiy so‘zlar tillarning tarixini solishtirib,
taqqoslab o‘rganishda material bo‘la olmaydi, chunki bunday tillarning tuzilishi
bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.
Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir
oiladagi qardosh tillarga
qarashli bo‘lganligi uchun bu tillarda so‘z ma’nolari, grammatik tuzilishlari
jihatidan birmuncha o‘xshashlik, yaqinlik bor.
Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda so‘z o‘zaklari grammatik
vositalar jihatidan farq qilsa ham, ularning manbai bir bo‘lib, ular bir o‘zak tildan
kelib chiqqan. Biror so‘z yoki grammatik vositalardagi tovush o‘zgarishlari
ma’lum bir fonetik qonuniyat asosida yuz bergan.
Bir qardosh tilga, bir
tovushga ikkinchi bir qardosh tildagi shunga muvofiq tovush to‘g‘ri keladi.
Masalan, o‘zbek tilidagi
Dostları ilə paylaş: