Savol va topshiriqlar
1.Tillarni tasniflash mezonlari haqida bilganlaringizni ayting.
2.Tillarning morfologik tasnifini yoriting.
3. Nostratik nazariyaning mohiyatini tushuntiring.
4. Tillarning geneologik tasnifi haqida ma’lumot bering.
5.Til oilalari haqida ma’lumot bering.
6. Qardosh tillarning xususiyatlarini ayting.
7. Qardosh tillarning farqli jihatlarini misollar orqali tushuntiring.
8.Turkiy tillar oilasiga xos morfologik xususiyatlar haqida fikrlaringizni bayon
eting.
9.Turkiy til oilasiga kiruvchi tillar haqida ma’lumot bering.
10.Hozirda mavjud til oilalari haqidagi fikrlaringizni misollar bilan tushuntiring.
150
Testlar
1. Turkiy tillar oilasiga qaysi tillar kiradi?
A) chuvash, boshqird, o‘zbek
B) yoqut, xazar, rus
S) ozarbayjon, qirg‘iz, tojik
D) tatar, rus, boshqird
2. Quyida keltirilgan qaysi tillar bir oilaga mansub?
A) rus, bulg‘or, chex, polyak
B) tojik, turkman, qirg‘iz
S) o‘zbek, ozarbayjon, tojik
D) chex, polyak, tatar
3. Agglyutinativ tillarga qaysi tillar kiradi ?
A) turkiy, fin-ugor , yapon , dravid , bantu
B) fors, yapon , sanskrit
S) nemis, rus , azarbayjon
D) tojik , turk, forscha
4. Qardosh bo‘lmagan til oilasini belgilang?
A) hind-yevropa tillar oilasi
B) dravid tillari oilasi
S) turkiy tillar oilasi
D) rus tillari oilasi
5. Qaysi tasnifda qardosh tillarning tarixiy taraqqiyot jarayonida bir o‘zak
tilidan tarqalganligini va ularning o‘xshashligini nazarda tutib, tillarni
guruhlarga ajratadi?
A) geneologik tasnif
B) tipologik tasnif
S) differensial tasnif
D) notipologik tasnif
6. Grammatik tuzilishi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir-birlariga yaqin
bo‘lgan tillar guruhiga nima deyiladi?
A) til oilasi
B) tillar
S) tillar guruhi
D) bir xil tillar
7. Dunyoda necha xil til mavjud va ular qanday tavsiflanadi?
A) 6000, sof tillar
B) 5000, me’yorlashtitillar
S) 9000, aralash tillar
D) 3000, me’yorlashtirilgan
8. Dunyo tillari necha til oilasiga bo‘linadi ?
A) 20 ga yaqin
B) 35 atrofida
S) 50 ga yaqin
D) 38 ga yaqin
151
9. Morfologik tasnifga ko’ra dunyo tillari nechta guruhga ajratiladi va ular
qaysilar?
A) ikki хil: polisintetik, morfologik
B) ikki хil: agglyutinativ, amorf
S) uch хil: agglyutinativ, amorf , fonetik
D) to‘rt хil: agglyutinativ,flektiv, amorf , polisintetik
10. Tillar qarindoshligini qaysi tasnif o‘rganadi ?
A) tipologik
B) morfologik
S) geneologik
D) tipologik- morfologik
Dostları ilə paylaş: |