152
Qo‘shimcha adabiyotlar
1.
Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание.- Тошкент, 2004.-Б.26-
34
2.
Щитка Н.Н., Юсупова К.Н. Введение в языкознание. -Тошкент, 2006.-
Б.56-79
3. Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти.-Тошкент, 2002.
4 . www. literature.uz
5. www. genhis philol.ru.
15-§. XALQARO VA SUN’IY TILLAR
1.Xalqaro tillarning jamiyatdagi o‘rni.
2.Tillarning taraqqiyot darajasi.
3. Sun’iy tillar.
Asosiy tushunchalar:
integratsiya, differensiatsiya, tarixiylik, hayotiylik,
me'yoriylik, hududiylik, qadimiy tillar, me'yorlashtirilgan tillar, kreol tillari, pijn
tillari, sun'iy tillar, “Esperanto” tili, tilning ijtimoiy vazifalari, kommunikativ
funksiya, emotsional-ekspressiv funksiya.
Tillarni bir-biriga muqoyasa
qilib, taqqoslab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki,
ba’zi tillardagi so‘zlarning ma’nolari, shakllari, grammatik xususiyatlari bir-biridan
juda katta farq qiladi. Albatta, bunday tillar bir-biriga yaqin, qardosh tillar bo‘la
olmaydi. Ammo ba’zi tillarning tuzilishi,
grammatik xususiyatlari, shu tillardagi
so‘zlarning paydo bo‘lish manbai, so‘z shakllari va ma’nolari bir-biriga ancha
yaqin bo‘ladi. Bunday tillar bir umumiy o‘zakli tildan kelib chiqqan bo‘lib,
qardosh tillar
deyiladi. Grammatik tuzilishi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir-
birlariga yaqin bo‘lgan
tillar guruhi
til oilasi
deb ataladi. Chunonchi, o‘zbek,
uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, tatar, boshqird, ozorbayjon, yoqut, turkman,
qoraqalpoq,
turk, chuvash tillari kabilar turkiy tillar oilasiga kiradi. Bu qardosh tillardagi
o‘xshashlik, yaqinlik ularning So‘z boyligi, grammatik qurilishi va nutq
tovushlarida ifodalanadi.
Shuni ham ko‘rsatib o‘tish kerakki, qardosh bo‘lmagan ba’zi tillarning so‘z
boyligida alohida so‘zlarning ma’no jihatidan o‘xshashlik
hodisalari uchrashi
mumkin. Bunday hodisa bir tilga qarindosh bo‘lmagan boshqa bir tildan kirgan
so‘zlarda uchraydi.
Masalan
, o‘zbek tiliga arab tilidan:
oila, maktab, lug‘at, kitob
singari, rus tilidan
samovar, mashina, stol, stul, choynak
kabi anchagina so‘zlar
o‘zlashgan. Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining arab tili yoki rus tili bilan qardosh
til ekanligiga asos bo‘lolmaydi,
chunki birinchidan, bunday tillarning qarindosh
ekanligini isbot qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la olmaydi. Ikkinchidan,
har bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan so‘zlar juda ozchilikni tashkil
etadi va ularning grammatik xususiyatlari butunlay boshqacha bo‘ladi.
Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida turli
munosabatlar tufayli boshqa
tillardan kirib qolgan bunday tasodifiy so‘zlar tillarning tarixini solishtirib,
taqqoslab o‘rganishda material bo‘la olmaydi, chunki bunday tillarning tuzilishi
bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi.
153
Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir oiladagi qardosh tillarga
qarashli
bo‘lganligi uchun bu tillarda so‘z ma’nolari, grammatik tuzilishlari jihatidan
birmuncha o‘xshashlik, yaqinlik bor.
Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda so‘z o‘zaklari grammatik
vositalar jihatidan farq qilsa ham, ularning manbai bir bo‘lib, ular bir o‘zak tildan
kelib chiqqan. Biror so‘z yoki grammatik vositalardagi tovush o‘zgarishlari
ma’lum bir fonetik qonuniyat asosida yuz bergan. Bir qardosh tilga, bir tovushga
ikkinchi bir qardosh tildagi shunga muvofiq tovush to‘g‘ri keladi. Masalan, o‘zbek
tilidagi
Dostları ilə paylaş: