Asosiy tushunchalar glossariysi
Qardosh tillar
- bir umumiy o‘zakli tildan kelib chiqqan tillar
Til oilasi
-grammatik tuzilishi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir-birlariga
yaqin bo‘lgan tillar guruhi
Millatlararo tillar
–bir necha millatlarning umumiy muloqot tillari
Xalqaro tillar
– dunyo tillari
Asosiy adabiyotlar
1
.
Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish.-Toshkent, 2010.-133-147 б.
2.Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest,
2006.-B.42, 85-86
3.Ирисқулов И. Тилшуносликка кириш.-Тошкент, 2009.-Б.178-190 б.
4.Хolmanova Z. Tilshunoslikka kirish.-Toshkent, 2007. -Б.44-59
Qo‘shimcha adabiyotlar
1.Абдуазизов А., Шереметова А. Общее языкознание.- Тошкент, 2004.-
Б.26-34
2.Щитка Н.Н., Юсупова К.Н. Введение в языкознание. -Тошкент, 2006.-
Б.56-79
3.Ҳoжиeв A. Тилшунoслик тeрминлaрининг изoҳли луғaти.-Тошкент,
2002.
4. www. literature.uz
5. www. genhis philol.ru.
16-§.
LINGVISTIKA TURLARI VA LINGVISTIK METODLAR
HAQIDA BOSHLANG‘ICH MA’LUMOTLAR
Reja:
1.Metodlar haqida umumiy ma’lumot.
156
2.Umumiy va xususiy metodlar.
3.Tilshunoslikka oid metodlar.
Asosiy tushunchalar:
metod, umumiy metodlar, lingvistik tahlil
metodlari,gapbo‘laklari metodi, tarixiy – qiyosiy metod, substitusiya
(almashtirish) metodi, distributiv metod,tarkibiy qismlarga ajratish metodi,
tranformatsion metod, statistik tahlil metodi, ma’no ko‘lamini tahlil qilish
metodi.
Tilshunoslik fanining o‘rganish sohasi bo‘lgan tilni har tomonlama
tahlil qilish fan taraqqiyotiga mos metodlarni taqozo etadi.
Har bir sohani tahlil etuvchi har qanday metod quyidagi talablarga
javob berishi lozim.
1. Metod obyektiv bo‘lmog‘i kerak. Metodning qo‘llanish vaqti va
o‘rnidan qat’iy nazar, natija bir xil bo‘lishi lozim. Subyektiv yondashuvlar
metod qiymatiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
2. Metod izchil bo‘lishi, aniq tushunchalarga asoslanishi lozim.
3. Metod universal bo‘lishi, ya’ni sohaning asosiy bo‘limlanishi (kamida
to‘rtta) tahlil qila olishi kerak.
4. Metod foydalanish mumkin bo‘lgan darajada sodda bo‘lishi lozim.
Tilshunoslikda talab darajasida bo‘lgan bir necha metod qo‘llanadi. Bu
metodlar xarakteriga ko‘ra ikki xil:
a)
umumiy metodlar;
b)
lingvistik tahlil metodlari .
Ushbu metodlar bir – biriga bog‘liq holda ish ko‘radi va muayyan
xulosalarni bayon etadi.
Umumiy metodlar ijtimoiy sohaning barcha ko‘rinishlari uchun amal
qiladigan metodlardir. Jumladan, umumiydan xususiyga, xususiydan
umumiyga, analiz – sintez , oddiydan murakkabga tomon tahlil qilish metodlari
deyarli barcha sohalarda amal qiladi.
Lingvistik tahlil metodlari tilshunoslikning o‘zi uchungina xos bo‘lib,
shu fanga doir ilmiy xulosalar berishga xizmat qiladi.
Hozirgi zamon tilshunosligida lingvistik tahlil uchun quyidagi metodlar
qo‘llanadi:
-
gap bo‘laklari metodi;
-
tarixiy – qiyosiy metod;
-
substitutsiya (almashtirish) metodi;
-
distributiv metod;
-
tarkibiy qismlarga ajratish metodi;
-
tranformatsion metod;
-
statistik tahlil metodi;
-
ma’no ko‘lamini tahlil qilish metodi.
Gap bo‘laklari metodi tilshunoslik taraqqiyotining dastlabki
davrlaridanoq amalda bo‘lgan. Bu metodga ko‘ra gaplar bo‘laklarga ajratiladi.
157
Bunda so‘zning gapdagi vazifasiga asoslaniladi. Gap bo‘laklari tahlili
quyidagicha amalga oshiriladi.
1. Gapning bosh bo‘laklari (ega va kesim ), ikkinchi darajali bo‘laklari
(to‘ldiruvchi, aniqlovchi, hol )ajratiladi.
2. Gap bo‘laklari vazifasida qaysi so‘z turkumi keltirilayotganligi
aniqlanadi.
3. Gap bo‘lagi vazifasida kelayotgan so‘zlarning grammatik shakllari
(morfologik kategoriyalar ) izohlanadi.
Ushbu metod faqat sintaksis bo‘limda amal qiladi. Bu metodni
qo‘llashdagi murakkabliklar deyarli barcha tillarda kuzatiladi.
Tarixiy – qiyosiy metod qiyosiy – tarixiy tilshunoslik asoslanadigan
birlamchi metod hisoblanadi. Bu metod dunyo tillarining rang – barangligi,
ular o‘rtasidagi o‘xshash va farqli jihatlarni qiyoslash asnosida
shakllandi. Ushbu metod quyidagi masalalarni hal etadi:
1. Tillarning o‘ziga xos xususiyatlarini va boshqa tillar bilan o‘xshash
jihatlarini qiyoslash natijasida ularni qarindosh yoki qarindosh emasligini
aniqlash.
2. Qarindosh deb topilgan tillarni o‘zaro qiyoslab o‘rganib, ular uchun
umumiy bo‘lgan genetik asosni aniqlash; bu taxlit o‘rganishda
retrospektiv qiyoslash usulidan foydalanish. Bunda tillarning hozirgi
holatini qiyoslashdan tarixiy ko‘rinishlariga qarab boriladi.
3. Tillarning tadrijiy taraqqiyoti o‘rganiladi, ya’ni tilning hozirgi
holatigacha bo‘lgan taraqqiyot yo‘lini qiyosan tahlil qilish mumkin. Bunday
qiyoslash prospektiv qiyoslash deyiladi. Bunda tarixiy yozma yodgorliklar
boshlang‘ich manba sifatida xizmat qiladi.
Bu usul yordamida tillar oilasi aniqlanadi. Masalan, hind – yevropa
tillari oilasi, turkiy tillar oilasi, mo‘g‘ul tillar oilasi va hokazo. Til oilalari
ma’lum xususiyatlariga ko‘ra ya’na guruhlarga ajratiladi . Jumladan , turkiy
tillar o‘ttizga yaqin guruhga bo‘linadi .
Substitutsiya metodi, almashtirish usuliga asoslanadi. Nutqdagi
ma’lum bir o‘rinda turgan til birliklari va boshqa muqobili bilan
almashtirilib, hosil bo‘lgan uslubiy o‘zgarishlar tahlil qilinadi. Bu metod
yordamida sinonim , antonim, omonim so‘z larning lug‘aviy ma’no tizimida
tutgan o‘rni belgilanadi . Distributiv metod til birliklarining nutq jarayonida
boshqa bir birliklar bilan birika olish imkoniyatini tahlil etadi.
Distributivsiyani “sintaktik imkoniyat” sifatida izohlash mumkin. Masalan,
biror so‘z, morfema, fonemaning boshqa so‘z, morfema, fonema bilan
munosabatga kirish imkoniyati shu birliklarning distributsyasi deyiladi.
Distributsiyaning morfologik, sintaktik va leksik – semantik turlari
mavjud.
Morfologik distributsiya bir turkumdagi so‘zning boshqa turkumdagi so‘z
bilan munosabatga kira olishidir : sifat bilan ot , ravish bilan fe’l.
Tarkibiy qismlarga ajratish metodi har qanday butunlikni, xususan
gapni hokim va tobelik munosabatida bo‘lgan qismlardan iborat sifatida
158
tahlil etadi. Bu metod grammatik sathda : morfologiya va sintaksisda amal
qiladi.
Transformatsion metod zamonaviy usullar ichida eng mukammali
hisoblanadi.
Ushbu metod tildagi sintaktik jarayonni tushuntirish imkoniga
egaligi bilan xarakterlidir .
Statistik tahlil tilning barcha sathlarida qo‘llanadi, shuning uchun
universal hisoblanadi . Bu metod til birliklari va til hodisalarining nutqda
ishlatilish darajasini aniq ko‘rsatib beradi.
Ma’no ko‘lamini tahlil qilish metodi so‘zning lug‘aviy ma’no
ko‘lamini alohida ma’no qirralariga ajratib tahlil etadi . Bu metod ko‘p
ma’noli so‘zlarning ma’no ko‘lamini yoritishda ahamiyatlidir.
Umuman, tilshunoslik sohasiga xos eng umumiy va xususiy
qonuniyatlarni aniqlashda lingvistik metodlarning o‘rni beqiyosdir.
Dostları ilə paylaş: |