Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə150/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Asosiy tushunchalar
g
lossariysi 
Agglyutinatsiya 
– (lotincha «yopishtirish» ma’nosini; fleksiya «bukilish» 
ma’nosini anglatadi) o‘zak va qo‘shimchalarning muayyan ketma-ketlikda, 
ma’lum tartib asosida joylashuvi. 
Agglyutinativ tillar
–o‘zak va qo‘shimchalarning muayyan ketma-ketlikda, 
ma’lum tartib asosida joylashuviga asoslangan tillar. 
Geneologik tasnif 
– tillarni qarindoshlik munosabatiga, kelib chiqish 
asoslariga ko‘ra guruhlaydigan tasnif. 
Morfologik tasnif
– tillarni morfologik xususiyatlariga ko‘ra guruhlashga 
qaratilgan tasnif. 
Nostratik gipoteza yoki nostratik nazariya
– (lotin tilida 
noster
“bizniki” 
ma’nosini beradi) til oilalarini yanada kengroq doiradagi genetik asosga 
birlashtirishni nazarda tutadigan qarash. 
Qardosh tillar
– tuzilishi, grammatik xususiyatlari, shu tillardagi 
so‘zlarning paydo bo‘lish manbai, so‘z shakllari va ma’nolari bir-biriga ancha 
yaqin tillardir. Bunday tillar bir umumiy o‘zakli tildan kelib chiqqan.
Til oilasi
– grammatik tuzilishi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir-
birlariga yaqin bo‘lgan tillar guruhi.
Turkiy tillar oilasi
– qardosh tillardagi o‘xshashlik, yaqinlik ularning so‘z 
boyligi, grammatik qurilishi va nutq tovushlarida ifodalanadi. O‘zbek, uyg‘ur, 
qozoq, qirg‘iz, tatar, boshqird, ozorbayjon, yoqut, turkman, qoraqalpoq, turk, 
chuvash tillari turkiy tillar oilasiga kiradi.
 Flektiv tillar 
– o‘zak morfema va affiksal morfema chegaralari 
sezilmaydigan, yangi so‘zlar o‘zak o‘zgarishi asosida yuzaga keladigan tillar.
 
 
Asosiy adabiyotlar 
1.
Abduazizov A. Tilshunoslik nazariyasiga kirish.-Toshkent, 2010.-133-147 б. 
2.
Borbala Richter. First steps in theoretical and applied linguistics.-Budapest, 
2006.-B.42, 85-86

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin