154
holda
taraqqiy etaveradi, o`saveradi. Ammo til bunday tabiiy hodisa emas.
So`zlashish, fikrlash uchun kishilik jamiyatining bo`lishi shart.
Demak, aytilgan fikrlardan shunday xulosa chiqarish mumkin:
birinchidan
,
til tabiiy biologik hodisa emas;
ikkinchidan
, tilning mavjud bo`lishi va uning
taraqqiy qilishi tabiat qonunlariga bog`liq emas;
uchinchidan,
til kishilarning
tabiiy belgilariga (oq-qoraligi va boshqa irqiy belgilariga) bog`liq emas;
to`rtinchidan,
faqat jamiyat bo`lib uyushgan insonlargina aloqa vositasi
bo`lgan tilga ega. Binobarin, til tabiiy-biologik hodisa bo`lmay, kishilik
jamiyatining eng muhim aloqa vositasi sifatida
jamiyatga xizmat qiladigan,
subyektga bog`liq bo`lmagan ijtimoiy hodisadir.
Dastlabki davrlarda, jamiyatning qarama-qarshi guruhlarga bo`linishiga
qaramay, til birgina guruh ehtiyojini qondirish uchun xizmat qilmadi, u
jamiyat a`zolarining hammasiga bab- baravar xizmat qildi. Ishlab chiqarish
jarayoni jamiyatdagi turli guruh odamlari bir-biri bilan aloqada bo`ladilar, til
esa ishlab chiqarishni uyushtirishda
jamiyatning hamma sohalari
rivojlanishida muhim aloqa vositasi bo`lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: