Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)
ha yoki
yo ‘
q javoblarini
talab qiladi.
So‘roq olmoshlari yordamida ifodalangan so‘roq gaplar so‘roqqa javob
bo‘luvchi so‘zni talab qiladi:
-Ko ‘
chatlarga kim suv qo ‘
ydi? –Salim. Yozuvda
-mi yuklamasi kesimga qo‘shib yoziladi.
–chi, -a, -ya yuklamalari
esa o‘zi qo‘shilayotgan so‘zdan chiziqcha bilan ajratib yoziladi.
Ritorik so‘roq gaplar javob talab qilmaydi, javobi shu gapning o‘zida bo‘ladi.
So‘roq gap kesimi bo‘lishsiz fe’llar bilan ifodalangan bo‘Isa, darak gap tasdiq
ma’nosini bildiradi:
Onani kim sevmaydi? (Onani hamma sevadi); aksincha,
bo‘lishli fe’llar bilan ifodalangan bo‘Isa, inkor gap ma’nosini bildiradi. Masalan,
Bu daraxtni kesishga kim jur ‘
at qiladi. («Bu daraxtni kesishga hech kim jur’at
qilolmaydi» ma’nosini bildiradi).
Tinch uyda janjal bo’lishini kim istaydi? (Tinch
uyda janjal bo‘lishini hech kim istamaydi).
So‘roq gap orqali ifodalangan darak ma’nosi darak gap orqali ifodalangan
darak ma’nosidan kuchliroq bo‘ladi.
Shuningdek, so‘roq gap shakli orqali buyruq ma’nosi ham ifodalanishi
mumkin. Masalan, -
Yurmaysizmi? («yuring» ma`nosida). So‘roq gap orqali
ifodalangan buyruq ma’nosi buyruq gap orqali ifodalangan buyruq ma’nosidan
kuchliroq bo‘ladi.
Darak ma`nosini ifodalagan so`roq gaplarga
so ‘
roq-darak gaplar, buyruq
ma`nosini bildirgan so‘roq gaplarga esa
so`roq-buyruq gaplar deyiladi.
Buyruq gap. Buyurish, da`vat qilish ma`nolarini bildirgan gaplar buyruq gap
deyiladi:
chiroyli yoz. Buyruq gaplarning kesimi buyruq shaklidagi fe’llar orqali ifodalanadi. Buyruq
gap oxiriga nuqta qo‘yiladi.
Ayrim hollarda uchinchi shaxs buyruq maylidagi fe’llar bilan ifodalangan
gapning kesimi II shaxs ma’nosida qo‘llaniladi. Masalan,
Chekmang o‘rnida
Chekilmasin. Uyga kiring o‘rnida
Uyga kirilsin. Bunday vaqtda iltifot, mulozamat
bildirish, kesatiq kabi ma’nolar ifodalanadi.
Buyruq gapning kesimi odatda gap oxirida keladi. Ba’zan buyruqni
kuchaytirish, do‘q-po`pisa ma’nosi ifodalanganda kesim gap boshida keladi.
Masalan,
Qo ‘
ligizni oling o`rniga
Oling qo ‘
lingizni. Istak gap. Kesimi
– sa shaklidagi fe’llar orqali ifodalangan gaplar istak gap
hisoblanadi. Yozuvda istak gaplar oxiriga nuqta qo‘yiladi
: Xorijiy tillarni yaxshi o ‘
rganib, chet ellarga o ‘
qishga borsam.