137
4.Tugallangan ohang bilan aytiladi.
Gap voqea-hodisa haqidagi xabarni, so‘roq yoki buyruqni ifodalovchi asosiy
sintaktik butunlikdir. Gap so‘z birikmasidan kesim va ega yoki faqat kesim
bo‘laklariga aloqador grammatik asosi
borligi bilan farq qiladi, so`z birikmasi
tushuncha, gap fikr ifodalaydi. Grammatik asosda gapning fikriy mundarijasi
ifodalanadi. Bu fikriy mundarija fe`l kesimning mayl va zamon ma`nolari bilan
bog‘liq bo`ladi. Masalan,
Bolalar ishlayaptilar. Ozoda rasm chizmoqda
gaplari
ish-harakatning hozirgi zamonda bo`layotganidan
darak bersa,
Bolalar ishladi.
Ozoda rasm chizdi
gaplari esa ish-harakatning o‘tgan zamonda bo‘lganidan darak
beradi.
Siz dalaga borasizmi? Sen hikoyani o`qidingmi?
gaplari o‘tgan zamonda
bo‘lgan ish-harakat haqida so‘roqni bildiradi.
Siz she’rni o
‘
qing. Siz shu ishni
bajarib qo
‘
ysangiz
gaplari istak-buyruq ma’nolariga ega.
Gap tarkibidagi so‘zlar ham ma`no tomondan, ham grammatik tomondan
o‘zaro bog‘lanadi.
Morfologiya bo`limida o‘rganilgan
kelishik, egalik, son, zamon, shaxs-son
qo‘shimchalari, shuningdek,
ko
‘
makchi va bog
‘
lovchilar
sintaksisda so‘zlarni
o‘zaro bog‘lash uchun xizmat qiladi. Ayrim hollarda gapdagi so‘zlar tartib va
ohang yordamida ham o‘zaro bog`lanadi:
Oq paxtalar ochildi, Teraylik quvnab-
quvnab.
(Qo‘shiq).
Bu gapda
oq
va
paxtalar
so‘zlari bir-biri bilan so‘z tartibi
orqali bog‘langan. Har bir gap biror maqsadni-mazmunni ifodalaydi. Og‘zaki
nutqda ana shu mazmunga mos keladigan tugal ohang bo`ladi. Ohang ayni bir
vaqtda gaplarni bir-biridan ajratib ham turadi. Ohang gap uchun eng muhim
belgidir. Ayrim so‘z (
Kuz. Tong
) yoki so‘z birikmalarini tugallik ohangi bilan
aytsak, gap yuzaga keladi va biror fikr-maqsad anglashiladi:
Ko
‘
m-ko
‘
k dala.
G
‘
arbiy chegaralardan biri.
Ayni bir sodda gapning ohangini o‘zgartirish
orqali
ba’zan uch xil mazmun ifodalash mumkin:
Buvijonim keldilar. –Buvijonim
keldilar! –Buvijonim keldilar?
Yozma nutqda ana shu ohangga qarab har bir gap
oxiriga yo nuqta (.) yo so‘roq (?) yoki (!) belgisi qo‘yiladi.
Dostları ilə paylaş: