Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Ismlarning lug‘aviy shakllari. 
Ismlarning ko‘plik, kichraytirish-erkalash
qiyoslash ma’nolarini bildiruvchi qo‘shimchalarga ega bo‘lgan shakli lug‘aviy 
shakl sanaladi.
Ismlarning munosabat shakllari. 
Egalik, kelishik, 
-man, -san, -dir
qo`shimchalarga ega bo‘lgan shakli munosabat shakli hisoblanadi. Ism asoslariga 
qo`shilib, ularni boshqa so‘zlarga bog‘lab kelish va gap bo‘laklarini 
shakllantirishga xizmat qilganligi uchun egalik, kelishik, 
-man, -san, -dir
qo‘shimchalari munosabat shakllari deyiladi. Demak, ismlarning munosabat 
shakllariga quyidagilar kiradi: 1) egalik shakllari; 2) kelishik shakllari; 3) ismlarni 
kesim sifatida shakllantiruvchi va ega bilan munosabatini ifodalovchi 
-man, -san, -
dir 
qo‘shimchalari, 
bo

lmoq, sanalmoq, hisoblanmoq 
so‘zlari. Uchinchi turdagi 
so‘zlar va qo‘shimchalar bog‘lamalar deb ham yuritiladi.
Sifatdosh va harakat nomlaridagi egalik qo

shimchalari. 
Sifatdosh va harakat 
nomlari tarkibidagi egalik qo‘shimchalari harakat bajaruvchisining shaxsi, sonini 
bildiradi. Shuning uchun qaratqich kelishigini olgan shaxs bildiruvchi so‘zning 
qo`llanishiga ko‘pincha ehtiyoj bo`lmaydi.
Ismlarni kesimga xoslovchi shakllar. 
Kesim ega bilan shaxs va sonda 
moslashadi. Ism orqali ifodalangan kesimlar shaxs-sonni bildiruvchi maxsus 
-man, 
-san, -dir
qo‘shimchalari, shuningdek, 
bo

lmoq, sanalmoq, ekan, emish, emas
so‘zlari vositasida ega bilan moslashadi. Ot kesimlarni ega bilan moslashtiruvchi 
bunday vositalar bog‘lamalar hisoblanadi. 
To‘plam va tasniflar. 
O‘rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar 
yig‘indisi 
to

plam 
deyiladi. To‘plamni o‘xshash va farqli belgilar asosida ichki 
guruhlarga bo‘lish 
tasnif
hisoblanadi.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin