129
tilllarida ko‘plab uchraydi. Grammatik ma’noni bu yo‘l bilan ifodalash,
asosan, kishilik olmoshlari hamda sifatlarga xosdir. Masalan,
я – меня; men –meni-menga;
мы - нас; biz – bizni – bizga;
Grammatika tilning ichki qurilishi haqidagi bo‘lim hisoblanib, ikki
qismdan iborat: morfologiya va sintaksis.
MORFOLOGIYA
Morfologiya
grammatikaning bir qismi bo’lib, so‘z
turkumlari, so‘zning
grammatik shakli, grammatik ma’no, morfologik kategoriya ( tushuncha)larni
o‘rganuvchi bo’lim. Morfologiya so‘zni grammatik birlik sifatida tekshiradi. So‘z
grammatik birlik sifatida grammatik ma’nosi va grammatik shakliga ega bo‘ladi.
Grammatik ma’no
So‘zning u yoki bu turkumga mansubligini ko‘rsatuvchi, so‘zning ma’lum
bir grammatik shakl orqali ifodalanadigan ma’nosi grammatik ma’no hisoblanadi;
qalam, suv, tosh, olma, bog’,uy
so‘zlari bir grammatik ma’noga mansub so‘zlar
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: