Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə119/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Chastotali lug

at
so‘zlarning qo‘llanish miqdori va foizi haqida ma’lumot 
beradi. 
6. 
Ters
(chappa, teskari) lug‘atda so‘zlar qaysi harf bilan tugashiga qarab 
joylashtiriladi.
7.
 O

zlashma so

zlar lug

ati
da boshqa tillardan o‘zlashgan so‘zlar izohlanadi.
8. 
O

zbek tilining izohli frazeologik lug

ati
da frazeologik birliklar (iboralar) 
izohlanadi.
9. 
Sinonimlar
lug‘atida sinonimlar izohlanadi.
10
. Omonimlar
lug‘atida omonimlar izohlanadi. 
11. 
Antonimlar 
lug‘atida antonimlar (qarama-qarshi ma’noli so‘zlar) beriladi.
12. 
Paronimlar 
lug‘atida paronimlarning ma’nolari keltiriladi. 
13. 
Dialektal lug

at
da o‘zbek tilining dialekt va shevalariga xos bo‘lgan 
so‘zlar qayd etiladi. 
14. 
Terminologik lug

at
da terminlar izohlanadi. 
15. 
Etimologik lug`at
da so‘zlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixi yoritiladi. 
«O‘zbek tilining etimologik lug`ati» 2000 yilda prof. Sh. Rahmatullayev 
tomonidan yaratildi. 
Etimologiya so`zlarning kelib chiqishi, shakllanish tarixini o`rganuvchi 
bo`lim. So`zlarning kelib chiqishini o`rganish quyidagilarda ahamiyatli:
1) so`zlarning lug`aviy ma`no ko`lamini yoritishda.
2) so`z o`zagini aniqlashda. 


125 
3) tilning tarixiy taraqqiyoti davomidagi o`zgarishlarni tahlil qilishda. 
Masalan:
dehqon
so`zi yer ochib, ekin o`stiruvchi qishloq odamini 
bildiradi. Bu so`z asli tojikcha bo`lib, 
deh-“qishloq”, qon- xon-hokim
degan 
ma`nolarni bildiradi. Qadimda mayda yer egalarini dehqon deyishgan. 
Hozirda ”ekin-tikin ishlari bilan shug`ullanadigan odam” tushunchasini 
beradi. Mehnat so`zi mumtoz adabiyotda “mashaqqat”, “zahmat”, “azob-
uqubat” ma`nolarida qo`llangan: 
Yod etmas emish kishini g`urbatda kishi, 
Shod etmas emish ko`ngulni 
mehnatda
kishi. 
Mehnat hozirda jismoniy va aqliy ko`rinishdagi faoliyatni anglatadi:
 
Mehnat-mehnatning tagi rohat.
Vatan so`zi aslida “tug`ilgan joy” ma`nosini anglatadi. Keyinchalik
vatan
so`zining ma`no doirasi kengaya borib, “mamlakat”, “yurt” 
tushunchasiga teng kelib qolgan.
 
Etimologik kuzatishlar, turkiy tillar etimologiyasiga bog`liq fikrlar 
muayyan til, jumladan, o`zbek tili tabiatini yoritishda muhim ahamiyat kasb 
etadi. Turkiy so`zlar etimologiyasiga oid quyidagi xulosalar o`quvchi 
bilimini boyitishga xizmat qiladi. 
1.
O`zbek tilidagi turkiy so`zlar asosan ikki bo`g`inli, qisman bir va uch 
bo`g`inli bo`lib, to`rt va undan ortiq bo`g`inli so`zlar juda kam. 
2.
Bir bo`g`inli so`zlar qadimgi turkiy tilga mansub bo`lib, hozirgi 
o`zbek tili nuqtai nazaridan tub deb qaraladi. Qadim turkiy so`zlar 
undosh- unli- undosh (sus) shaklida bo`lgan o`zaklarga asoslangan.
3.
Turkiy tillarga, jumladan o`zbek tiliga bir bo`g`in tarkibida ikki 
undoshning ketma-ket kelishi xos emas. O`zbek tilida uchraydigan
berk, bo`rk, art burch, bo`rt so`zlari oxiridagi undosh aslida 
qo`shimcha sifatida keyin qo`shilgan: ber-ik-berk, bo`ru-k-bo`rk; ari-t-
art, bur-uch-burch, bo`r-ut-bo`rt. 
4.
Qadimgi turkiy tilda (o`zbek tilining dastlabki taraqqiyot bosqichida) 
so`z yasovchi qo`shimchalar hozirdagiga nisbatan ko`p va xilma-xil 
ko`rinishlarda mavjud bo`lgan. Bugungi kunda ma`noli qismlarga 
ajratiladigan so`zlarning ko`pi qadimgi turkiy til davrida yasalgan. 
Ayrim so`zlar etimologiyasiga e`tibor bering. Qo`shiq- “ashula”. 
Ko`cha tomonda childirma va qo`shiq eshitildi 
(Parda Tursun).
Qo`shiq
1
so`zi qadimgi turkiy tilda “birlashtirish” ma`nosidagi 
qo`sh
fe`liga-(u-g` ot 
yasovchisini qo`shish bilan yasalgan (bu haqda “Devonu lug`atit turk”da-1 
jild, (357-bet); “Drevnetyurkskiy slovar”da(460-bet), ma`lumot berilgan). Bu 
so`z dastlab “she`r”, “qasida” ma`nosini anglatgan; ma`no taraqqiyoti 
natijasida “ashula” tushunchasi shakllangan. So`zning qadimiy ko`rinishi 
1
Mazkur so`z etimologiyasi haqida Sh. Rahmatullayev, M. Qodirovlarning «O`zbek tilining qisqa etimologik 
lug`ati» (-T.”Universitet”,1997-1998)da fikr bildirilgan.


126 
keyingi davrlarda fonetik o`zgarishga uchragan: 
qo`sh-ug`-qo`shug`-qo`shuq-
qo`shiq.
Burungi 
“ilgari”, “oldin”, “avval”
. Ko`chatlarning holati burun 
qanday bo`lsa, hozir ham shunday. Bu so`z “hid bilish a`zosi” ma`nosidagi 
burun otining “oldin”, “ilgari” ma`nosi asosida yuzaga kelgan (burun ham 
yuz sathidan oldin, ilgari turgani uchun shunday nomlangan). 
«O‘zbek tilining izohli etnografik lug‘ati», «Qo‘shma so‘zlar lug‘ati» hali 
yaratilmagan.

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin