Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə116/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Leksikografiya
lotincha «chizmoq», «yozmoq» so‘zlaridan olingan 
bo`lib, lug‘at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi tilshunoslik 
bo‘limidir. 
Avvalo, luqatlar ikki turli bo‘ladi: 1) ensiklopedik (qomusiy) luqatlar; 2) 
filologik (lingvistik) lug‘atlar. Bu ikki turdagi lug‘atlar birliklarining nimaga 
qaratilgani bilan farqlanadi. Lug‘atga kiritilayotgan birliklar barcha tushunchalarni 
o‘z ichiga olsa, 
ensiklopedik (qomusiy) 
lug‘at; ma’lum bir tildagi so‘zlarni o‘z 
ichiga olsa, 
filologik (lingvistik) 
lug‘at hisoblanadi. Ensiklopedik (qomusiy) 
lug‘atda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy tushunchalar va boshqalar 
o‘z ifodasini topadi. 
Umuman, ensiklopedik lug‘atlar ma’lum bir xalqning madaniy-ma’naviy, 
ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha tushunchalarni qamrab oladi 
va bu tushunchalar unda o‘z izohini topadi. 
O‘zbek leksikografiyasida 14 jildlik qomusiy lug‘at, besh jildlik izohli lug‘at, 5 
jildlik ruscha-o‘zbekcha lug`at, o‘nlab atama lug‘atlari, 2 jildlik akademik 
grammatika, bir necha tilli lug‘atlar, dialektologik lug‘at va to‘plamlar nashr 
qilindi. Orfoepik va orfografik lug‘atlar bosib chiqarildi. 
 
Tildagi so‘zlarni izohlashga qaratilgan lug‘atlar 
izohli
lug‘at, muayyan tildagi 
so‘zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan (bir tildagi so‘z ikkinchi 
tilda qanday so‘zga teng kelishini ko‘rsatuvchi) lug‘atlar esa
tarjima 
lug`at 
sanaladi. Izohli lug‘atlar so‘zlikning tanlanishiga ko‘ra 
umumiy
va 
tarmoq 
lug‘atlarga bo‘linadi. Tilning barcha so‘zlarini izohlashga qaratilgan lug‘atlar 
umumiy izohli
lug‘atlar, ma’lum bir tarmoqqa doir so‘zlarnigina tanlab, ularni bir 
tartibda joylashtirib izohlashni maqsad qilgan lug‘atlar 
tarmoq
lug‘at hisoblanadi 
(masalan, kasb-hunarga doir lug‘atlar, ma’lum fan sohasi bo‘yicha atamalar lug‘ati 
va boshqalar). 
Filologik lug‘atlarning doirasi keng bo‘lib, unga yana ma’lum fan va texnikaga 
oid atama lug‘atlari, frazeologik, idiomatik lug‘atlar, sinonim so‘zlar lug‘ati, imlo 
va to‘g‘ri talaffuz lug‘atlari, sheva, kasb-hunar, tarixiy, toponimik va boshqa 
lug‘atlar kiradi hamda har qaysisi o‘z sohasidagi so‘zlarni izohlab beradi. 
So‘zlarning to‘g‘ri yozilishini ko‘rsatuvchi lug‘atga imlo lug‘ati deyiladi. 
Lug‘at oldiga qo‘yilgan maqsadiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi: izohli 
lug‘at, tarjima lug‘ati, imlo lug‘ati va boshqalar. 
Tildagi so‘zlarning kelib chiqish tarixini o‘z ichiga olgan lug‘atlar 
etimologik
lug‘atlar sanaladi. Prof. Sh. Rahmatullayevning ko‘p yillik samarali mehnatlari 
tufayli o‘zbek tilida ham dastlabki etimologik lug‘at paydo bo‘ldi. 
O‘zbek tili so‘zlarga boy. Alisher Navoiy asarlari bo‘yicha E.F.Fozilov 
rahbarligida tuzilgan lug‘atda 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin