123
120
mingdan ortib ketadi. O‘zbekiston hukumatining qarori bilan ko‘p
jildli
«O`zbek tilining izohli lug`ati»
va
«O
‘
zbek milliy ensiklopediyasi»
tuzildi.
Ilmning ham,
axloqning ham, hissiyotning ham kaliti tildir.
Til insonning
yuksak
madaniyatini,
chuqur bilimini, hissiyotini namoyish qiluvchi vositadir.
Shuning uchun til qoidalarini mukammal bilish va unga amal qilish zarur. Tilning
nozik tasviriy vositalarini o‘zlashtirish, uning rang-barang
uslub jilolaridan
foydalana bilish inson uchun muhim ahamiyatga ega.
So‘zligining bir til yoki bir necha tildan iborat bo‘lishiga ko‘ra
tarjima
lug
‘
atlari
va
bir tilli lug
‘
atlar
farqlanadi.
I.Tarjima lug‘atlarida bir tilning lug‘aviy birligiga
boshqa tildagi mos birlik
beriladi. Masalan, «O‘zbekcha-ruscha lug‘at».
II.Bir tilli lug‘atlar (o‘z til lug‘atlari)ning so‘zligi bir tilda bo‘ladi.
Bir tilli
lug‘atlarning quyidagi turlari bor.
1.
Izohli lug
‘
at
da lug`aviy birliklarning (so‘z yoki iboralarning) ma’nosi
izohlanadi. Lug‘aviy birlik ko‘p ma’noli bo‘lsa, uning barcha ma`nolari keltiriladi
va izohlanadi. «O‘zbek tilining izohli lug‘ati» 1981 yilda ikki jild holida e’lon
qilingan bo‘lib, oltmish besh mingga yaqin so‘z izohlangan. Izohli lug‘at 2006-
2008 yillarda besh jild holida nashr etildi.
2.
Dostları ilə paylaş: