Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish fakulteti



Yüklə 3,61 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/203
tarix21.10.2023
ölçüsü3,61 Mb.
#158334
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   203
Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)

Uyadosh so

zlar. 
Bir mazmuniy uyaga (guruhga) mansub bo‘lgan so‘zlar 
uyadosh
so`zlar deyiladi. Tilimizdagi barcha so‘zlar ongimizda ma’lum mazmuniy 
uyalarga birlashgan holda saqlanadi. Bu esa so‘zlarning xotirada oson saqlanish va 
nutqiy jarayonda ulardan oson foydalanish imkonini beradi.
 
So‘z etimologiyasi.
Dehqon 
so‘zi yer ochib, ekin o‘stiruvchi qishloq 
odamlarini anglatadi. Lekin uning uzoq tarixi bor, o‘zi tojikcha so‘z bo`lib, 
deh - 
qishloq, qoon
 
yoki
xon - 
hokim degani. Qadimda mayda yer egalarini 
dehqon 
deyishgan. Keyinchalik bu so‘z ekadigan-tikadigan odam ma’nosida qo‘llana 
boshladi. Arabcha 
vatan 
so‘zi tug‘ilgan joy ma’nosini bildirgan. Endi uning 
mazmun doirasi katta bir mamlakat darajasiga yetdi. 
Basir
so‘zi ko‘rish va bilish 
tushunchalarini ifodalagan. Endilikda - 
ko

r
(ko‘rmaslik) ma’nosida qo‘llanadi. 
Ziyo
- nur, agar 
zim-ziyo
desak, qorong‘i degani bo‘ladi. 
Kalit so`zlar glossariysi 
Metafora 
- (grekcha «ko‘chirish»)- bir predmet nomining boshqa predmet 
nomiga ular o‘rtasidagi ma’lum o‘xshashlik asosida ko‘chishidir.
Metonimiya 
- grekcha «qayta nomlash» demakdir. Narsa va hodisalar 
o‘rtasida makon va zamondagi o‘zaro aloqadorlik asosida biri nomining 
ikkinchisiga ko‘chishi metonimiya hisoblanadi. 
Metonimiya
- «aloqadorlik» 
asosidagi ma’no ko‘chishidir.


120 
Sinekdoxa 
- grekcha «birgalikda angash» so‘zidan olingan bo‘lib, bo‘lak 
orqali butunni yoki butun orqali bo‘lakni ifodalashni bildiradi. 
Sinekdoxa 

butunning nomi bilan qismini, qismning nomi bilan butunni atash. 
 
Vazifadoshlik (funksiyadoshlik
) - vazifa asosida ma’no ko‘chishi. Narsa va 
hodisalar o`rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining 
ifodalanishi vazifadoshlik asosidagi ma’no ko‘chishi deyiladi. 
Kinoya 
- qochiriq, kesatiq ma’nolarida aytilgan o‘zgalar «gapi», «so‘zi». 
Kinoya bilan aytilgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi. Kinoya bilan aytilgan so‘z teskari 
ma’noda tushuniladi.
 
Tag ma’no - 
ifodalangan gapning ko‘chma - tag ma`nosi ham bo‘ladi. 
So‘zning har bir ko‘chma ma’nosi qo‘shimcha uslubiy (modal) ma’no ifodalaydi. 

Yüklə 3,61 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   203




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin