Alisher navoiy nomidagi toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti (1)
Antonimlar (zid ma’noli so ‘
zlar). Lug‘atning yana bir boy manbayi antonimlar
bo‘lib, inson faoliyatidagi eng muhim siyosiy, axloqiy qarashlar umumlashmasini
aynan ifodalashda qulay usul sanaladi. Qarama-qarshi ma’noli so‘zlarga
zid ma’noli so ‘
zlar deyiladi. Zid ma’noli so‘zlar doimo ikki qarama-qarshi a’zodan
iborat bo‘ladi. Birini aytsak, ikkinchisi xayolimizga keladi. Masalan:
achchiq deyishimiz bilan
shirin esimizga tushadi.
Yaxshi topib so ‘
zlar, yomon qopib so ‘
zlar. Yaxshi bilan yursang, yetarsan murodga, yomon bilan yursang, qolarsan uyatga. Yaxshidan bog ‘
qoladi, yomondan dog ‘
. Dono so ‘
ziga bino qo ‘
yadi, nodon - o ‘
ziga. Antonimlar ko‘proq badiiy uslubda qo‘llanib, qarama-qarshi tushuncha
(tazod) uslubini yaratish uchun xizmat qiladi:
Meni kim ko ‘
rsa, farq etmas Xazon birla bahorimdan. Charxi kajroftorning bir shevasidan dog ‘
man, Ayshni nodon surib, kulfatni dono tortadir . (Furqat).
Kunduzni tun deb o ‘
ylab, sarhadga keldi o ‘
g ‘
ri, Ko ‘
rshapalak oxiri otashga keldi to ‘
g ‘
ri, Dushmanning tepasidan yozib po ‘
lat qulochin (H.O.).
Qarama-qarshi ma’noli so‘zlar juft holda kelganda, ular orasiga chiziqcha
qo‘yiladi:
kecha-kunduz, katta-kichik. Agar antonimlar orasida
va bog‘lovchisi kelsa, chiziqcha ishlatilmaydi. Agar
- u, -yu yuklamalari qo‘shilsa, chiziqcha bilan yoziladi:
Bunda yondosh shodlik va qayg ‘
u. Yer-u osmon, kecha-yu kunduz. (E.V.)
Zid ma’noli so‘zlar birgalikda qo‘llanib, yangi ma’no ifodalashi mumkin.
Masalan:
yosh-u qari – bari (hamma); achchiq-chuchuk – ovqat turi, uzoq- yaqindan – hamma yoqdan kabi.
So‘z maqomidagi antonimlar
luqaviy (leksik) antonimlar, qo‘shimcha
maqomidagi antonimlar esa
affiksal antonimlar sanaladi.