yoqilur ,
Men vafosi va’dasidin shodmen,
Qoshi qaddimni jafodin
yo qilur ,
Ul vafo, bilmanki, qilmas
yo qilur Yana bir misol:
Charxi kajraftor elidin
yozamen, Chiqmadim hijron qishidin
yoza men. Bir meni yorliq bilan yod etmas ul,
Har necha ul shahga qulluq
yozamen. Omonim so‘zlar yordamida shoirlar adabiy uslubda tuyuq janrini yaratadilar.
Ikkinchidan, ular og‘zaki so‘zlashuv nutqida askiya janri uchun katta material
beradi.
Polisemiya va
omonim bir-biriga shaklan o‘xshaydi.
Ko‘p ma’noli so‘zlar omonim so‘zlardan quyidagicha farqlanadi:
1.Ko‘p ma’noli so‘z bir so‘zning bir necha ko‘chma ma’noda kelishidir.
Omonim esa bir xil shaklga ega bo‘lgan birdan ortiq (bir necha) so‘zdir. Masalan,
o ‘
t (olov),
o ‘
t (o‘simlik),
o ‘
t (harakat),
o‘t (inson a’zosi).
2.Ko‘p ma’noli so‘zning ma’nolari o‘rtasida bog‘lanish seziladi. Omonim
so‘zlar ma’nolari o‘rtasida yaqinlik sezilmaydi.
Omonim (shakldosh so‘z)lar:
rang I – unvon rang II – bo‘yoq
salla I– boshga o‘raladigan mato salla II– o‘rama pishiriq nomi
rasta I – do‘kon peshtaxtasi rasta II – balog‘atga yetgan, o‘spirin
banda I – qul banda II – inson, banda III –to‘da
savag‘ich I – savash mogslamasi savag‘ich II– o‘simlik
nota I – shartnoma nota II – musiqa matni
Sinonimlar (ma’nodosh so ‘
zlar). Bir umumiy ma’noni ifodalovchi ikki va
undan ortiq so‘zlarga ma’nodosh so‘zlar deyiladi. O‘zaro sinonimik munosabatda
bo‘lgan so‘z va qo‘shimchalar
sinonimlar uyasi yoki sinonimlar qatori deyiladi:
dastur- reja, botir-mard – jasur - qahramon, ota- padar, o ‘
qituvchi- muallim, bitik -kitob, et - go ‘
sht, el – yurt – diyor - vatan, chiroy - husn, chiroyli - go ‘
zal, katta - buyuk, tug ‘
ilmoq - tavallud topmoq va b.
So‘z maqomidagi sinonimlar lug‘aviy (leksik) sinonimlar, qo‘shimcha
maqomidagi sinonimlar esa