Thema: To Be Fe’li



Yüklə 29,14 Kb.
səhifə1/5
tarix03.10.2023
ölçüsü29,14 Kb.
#151843
  1   2   3   4   5
Thema


Thema: To Be Fe’li
To be fe’li bo’lmoq, hisoblanmoq degan ma’noni bildiradi yoki o’zbek tilidagi -man, -san, -dir qo’shimchalariga to’g’ri keladi. To be fe’lini asosan ot, sifat, son bilan ishlatiladi.
To be fe’lining 3 ta shakli mavjud. Ular shaxslarga qarab tuslanadi.
Bular: am, is, are Biz doimo
I-shaxs ya’ni I bilan to beni am shaklini ishlatamiz.
II-shaxs you bilan esa are ni
III-shaxs ya’ni he, she, it bilan esa is ni qo’laymiz.
Ko’plikda barcha shaxslar ya’ni we, you, they ga are ishlatamiz.
I am a pupil. - Men o’quvchiman. (ot bilan)
He is 18 years old. - U 18 yoshda(dir). (son bilan)
This flower is beautiful. - Bu gul chiroyli(dir). (sifat bilan)
To be ni qisqartma shakli. 
Ingliz tilida to be ni qisqartma shakli ko’p uchraydi. Bular:
I am – I’m
You are – You’re
He is – He’s
She is – She’s
It is – It’s
We are – We’re
They are – They’re
To be ning inkor shakli.
To be ni inkor shaklini yasash uchun to be dan keyin not yuklamasi qo’yiladi.
I am not a pupil. - Men o’quvchi emasman.
He is not 18 years old. - U 18 yoshda emas.
They are not beautiful. - Ular chiroyli emas.
To be ning savol shakli.
Tobening savol shakli yasash uchun to be fe’lini egadan oldinga qo’yiladi.
Masalan:
You are a pupil. - Sen o’quvchisan
Are you a pupil? - Sen o’quvchimisan?
Javob berish: Yes, I am/No, I am not



"To be" fe'lining shaxs-sonda tuslanishi

Shaxs-son

Birlik

Shaxs-son

Ko'plik

1) I

am

1) We

are

2) You

are

2) You

are

3) He/She/It

is

3) They

are


THEMA: THE DEfiNITE AND INDEfiNITE ARTICLES
(Aniq va noaniq artikllar)
Artikl haqida umumiy tushuncha 1. Artikl otlar oldida ishlatiladigan maxsus so‘zlardir. O‘zbek tilida artikl mavjud emas. Artiklning alohida tarjimasi yo‘q. Ot oldida artiklning ishlatilishi va ishlatilmasligining ahamiyati katta.
2. Ingliz tilida ikkita artikl bor: Noaniq artikl (The Indefinite Article) va aniq artikl (The Definite Article).
3. Noaniq artiklning ikkita shakli bor: a va an. An shakli unli tovushlar bilan boshlangan otlar oldida keladi: an opera, an apple, an hour. Qolgan hollarda artiklning a shakli ishlatiladi: a pen, a book, a student.
4. Aniq artiklning bitta shakli bor: the.
5. Noaniq artikl eski ingliz tilidagi ān (bir) so‘zidan kelib chiqqan, shuning uchun ham u faqat birlikdagi otlar oldida ishlatiladi.
6. Aniq artikl eski ingliz tilidagi the (u, o‘sha) ko‘rsatish olmoshidan kelib chiqqan bo‘lib, ba’zi hollarda hozir ham dastlabki ma’nosini saqlab qolgan.
7. Noaniq artikl ishlatilganda otning biror turga (sinfga) mansubligini bildiradi.
8. Aniq artikl otni boshqa shu turdagi otlardan ajratib ko‘rsatganda ishlatiladi.

Yüklə 29,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin