113
10-§. LEKSIKOLOGIYA
Reja:
1.Leksikologiya bo`limi haqida ma’lumot.
2. Lug`aviy birliklar.
3. Bir ma’nolilik va ko`p ma’nolilik.
Asosiy tushunchalar: leksika, leksikologiya, o‘z ma'no, ko‘chma ma'no,
denotativ ma'no, konnotativ ma'no, tag ma'no, omonim, sinonim, antonim,
paronim, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik
Leksikologiya
«so‘z» va «ta’limot» birliklaridan olingan. So‘z va uning
ma’nolarini o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limiga
leksikologiya
deyiladi. Ma’lum
ma’no bilan bog‘langan va morfologik shakllangan
tovush yoki tovushlar
birikmasi
so
‘
z
sanaladi. Odatda, leksik va grammatik ma’nolarning muayyan
tovush yoki tovushlar birikmasi bilan barqaror munosabatidan
tashkil topgan
butunlikka nisbatan
so
‘
z
atamasi qo‘llaniladi. So‘zlar
esa leksema va grammatik
qo‘shimchalarga
bo‘linadi.
So‘zning
grammatik
ma’no
bildiruvchi
qo‘shimchalarsiz qismi
leksema
sanaladi. Lug‘atlarda bosh so‘z sifatida leksemalar
beriladi. Bunday vaqtda so‘z morfologiya birligi sifatida,
leksema esa
leksikologiya birligi sifatida bir-biridan farqlanadi.
Leksikologiya so‘z va uning lug‘aviy ma’nosi haqidagi bo‘lim. So‘z va uning
lug‘aviy ma`nosi bilan bog‘liq hodisalar: o‘z ma’no va ko‘chma ma’no, bir
ma’nolilik va ko‘p ma’nolilik, so‘zning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari
(sinonim, omonim, antonim, paronim) leksikologiyada o‘rganiladi. So‘z lug`aviy
ma’no va grammatik ma’noga ega bo‘ladi. So‘zning obyektiv borliqdagi narsa,
belgi, harakat kabilar haqidagi ma’lumoti
leksik (lug
‘
aviy
) ma’no deyiladi.
Lug‘aviy ma’no so‘z anglatgan tushunchadir. Grammatik ma’no grammatik
shakllar (qo‘shimchalar) orqali ifodalangan ma’nodir. Masalan, qalam: a) lug‘aviy
ma’nosi - o‘quv quroli; b) grammatik ma’nosi: ot, turdosh ot,
birlikda,
turlanmagan.
Mustaqil so‘zlar ham lug‘aviy, ham grammatik ma’no ifodalaydi;
yordamchi
so‘zlar esa faqat grammatik ma’no bildiradi.
So‘zning lug‘aviy ma’nosini leksikologiya, grammatik ma’nosini morfologiya
o‘rganadi.
Lug‘aviy ma’no anglatuvchi til birliklari lug‘aviy birliklar deyiladi. Lug‘aviy
birliklar quyidagicha: 1) so‘z; 2) ibora; 3) termin (atama); 4)qo‘shma so‘z; 5)
tasviriy ifoda.
Dostları ilə paylaş: