taqqoslab bo‘lmas ekan, ishlab chiqaruvchilar rasmiy bozorda o‘z
tovarlarini sotishda davom etadilar.
Nolegal bozorda riskning roli to‘g‘risidagi masala kontrabanda
iqtisodiy tahlili bilan bog‘liq ravishda birinchi
marta adabiyotlarda
ko‘tarib chiqildi. M. Pitt 1980-yillarning boshlaridayoq
kotrabandachilar tomonidan aralash strategiya – legal va nolegal
savdoni qo‘shishni qo‘llash imkoniyatini ko‘rib chiqdi
145
. U
kontrabandachini ushlab turish riski faqat kontrabanda orqali
keltirilgan tovarlarning ko‘payishi tomonigagina emas, balki qonuniy
savdo o‘sganda, kamayishi tomoniga ham o‘zgarishi mumkin, deb
ko‘rsatdi. Rasmiy yo‘llar bo‘yicha
tovarlar bir qismini sotish
biznesmenga legal maqomini ta’minlaydi va mutanosib bozorda
boshqa qismini sotish to‘g‘risidagi hukumatning gumonini ifodalashi
mumkin. S. Devareydjen, K. Djons va M. Romer mutanosib
bozorning
amal
qilishi
umumiy
modelini
qurishi
va
kontrabandistlarning umumiy “mahsulot chiqarish” riskining oddiy
modelida bo‘lishi zarur bo‘lgan miqdordan oshib ketishini ko‘rsatishi
uchun riskning mazkur xususiyatidan foydalanadilar. Qonuniy savdo
jarima jazolariga tortilish riskini kamaytirgan va ishlab chiqaruvchiga
mahsulotning cheklangan xarajatlarini
rasmiy narxlarga teng
bo‘ladigan nuqtadan yuqori ko‘tarish imkonini bergan holda
tushumlarni ko‘paytiradi.
«Agar sotuvchilarning xarajatlari (shu jumladan, risklar,
jarimalar va poralar) davlat tomonidan tartibga solinadigan bozor
xarajatlariga nisbatan kam bo‘lsa, - deb ta’kidlaydi K. Djons va M.
Romer, - sotilayotgan (tovar) lar umumiy soni oshib borar ekan, ular
tovarni fermerlardan yuqori narxlarda sotib olish va uni
iste’molchilarga belgilanganidan past narxlarda sotish orqali bozorda
belgilangan “soliq” larni qoplashlari mumkin. Sotilganlar (tovar)
umumiy soni mutanosib (bozor) yo‘l mavjud bo‘lmaganda, bozor
mexanizmi orqali sotilgan miqdordan oshib ketgan (bunda) bo‘lar
edi»
146
.
145
Qarang:
Pitt M.
Smuggling and Price Disparity // Journal of International
Economics. 1981. Vol. 11. P. 447-458.
146
Jones С, Roemer М.
Modeling and Measuring Parallel Markets in Developing
Countries // World Development. 1989 Vol. 17. No. 12. P. 1865.
Mutanosib
bozorlar
bo‘yicha konferensiyaning boshqa
ishtirokchilari mutanosib bozordagi risklar yoki operatsiyalarning
boshqa xarajatlari o‘zaro aloqadorligi hamda ko‘lamdan tejamkorlik
muammosiga e’tibor qaratdi. Kontrabanda yoki noqonuniy savdo
cheklangan xarajatlari sotuvlar hajmi
bilan oshib borayotganligi
ko‘rsatildi, ya’ni faoliyat ko‘lamidan salbiy tejamkorlik mavjud,
biroq pora berishda yoki nolegal iqtisodiyotda ko‘lamdan tejamkorlik
amal qilishi mumkin. Xarajatlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin:
sotuvchilar nazoratni qanday amalga oshirishni yaxshi biladilar,
mutanosib
bozor
muassasalari
xarajatlarni
salbiy
tejashga
moslashadilar.
J.P. Azam va T. Beslilar o‘z asarlarini nolegal savdodagi
ko‘lamdan tejamkorlik samarasi empirik tadqiqotiga bag‘ishlab, ular
yashirin bozor modelini Gana iqtisodiyoti to‘g‘risidagi ma’lumotlar
bo‘yicha qurdilar
147
. Ganada kakao rasmiy
narxi jahon narxlaridan
past. Fermerlar o‘z hosilining bir qismini Togo yoki Fil suyagi
qirg‘og‘i qo‘shni davlatlaridagi kontrabanda orqali tovar
keltirayotgan
norasmiy
savdogarlarga
sotadilar.
Transport
vositalarini tanlagan va zaruriy porani to‘lagan holda sotuvchilar
faqat taqchil iste’mol tovarlarini kontrabanda orqali tashishda
foydalaniladigan yuk mashinalaridan kakaoni kontrabanda orqali olib
kelish uchun foydalanganlarida pastroq xarajatlar qiladilar.
Dostları ilə paylaş: