Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

Сото Э. де.
Иной путь. Невидимая революция в третьем мире. 
М., 1995. 


kengayishining sababi qishloq migrantlarining qoloqligi tufayli 
rasmiy sektorda ish topa olmasligi emas, balki raqobat 
munosabatlarining 
erkin 
rivojlanishiga 
to‘sqinlik 
qiluvchi 
byurokratik (ma’muriy) tashkilotchilikdir. 
Boshqacha aytganda, E. de Soto “uchinchi dunyoda” xufyona va 
legal biznesni sifat jihatdan baholashni boshdan oyoq o‘zgartirdi. 
Uning fikricha, rivojlanayotgan mamlakatlarda legal iqtisodiyot 
merkantilistik aloqalar bilan tushovlangan, xufyonachilar esa 
o‘zlarining xususiy xo‘jaliklarini erkin raqobat tamoyillari asosida 
tashkil etib, haqiqiy demokratik iqtisodiy tartib o‘rnatadilar. 
Bu yerda eslatib o‘tish lozimki, merkantilizm Yevropada 
iqtisodiyot siyosat turi sifatida XVI - XVIII asrlarda hukmronlik 
qilgan bo‘lib, siyosiylashtirilgan xo‘jalik tizimi bo‘lib, unda 
tadbirkorlik faoliyatini qat’iy reglamentatsiya qilingan. Davlat 
iste’molchilarga nima ishlab chiqarishni tanlashga imkon bermagan, 
qanday iqtisodiy faoliyat turini belgilash va rivojlantirish yoki kerak 
bo‘lmagan faoliyat sifatida man qilish huquqini o‘zida qoldirgan». 
Davlat amaldorlarining bu “oliy darajadagi donoligiga” rivojlangan 
mamlakatlarda iqtisodiy liberalizm to‘liq g‘alaba qozongan XIX 
asrdayoq barham berilgan. Ammo hozirgi zamon bozor xo‘jaligining 
periferiyalarida merkanistik siyosat amal qilmoqda. Bu siyosat 
"so‘llar" va liberallar tomonidan qo‘lab-quvvatlanmoqda. 
E. de Soto rahbarlik qilgan Erkinlik va demokratiya instituti 
Peruda odatdagi legal biznes bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan 
shaxslarning to‘lashga majbur bo‘lgan xarajatlarini “qonuniylik 
bahosini” aniqlash uchun bir qancha iqtisodiy eksperimentlar 
o‘tkazishgan
153
. Aniqlanishicha, kiyim –kechak tikish bo‘yicha 
fabrikani ro‘yxatdan o‘tkazish uchun 289 kun va 32 eng kam oylik 
ish haqi miqdorida mablag‘ (pora, bojlar, yo‘qotilgan daromad) 
sarflangan. Hatto ko‘cha kioskasida savdo qilish uchun litsenziya 
olish uchun byurokratik labirintlar bo‘ylab yurish bo‘yicha 43 kun va 
15 eng kam ish haqi miqdorida pul mablag‘lari sarflangan 
(qarang:7.4.1-jadval). 
153
Сото Э. де.
Иной путь. Невидимая революция в третьем мире. С. 49. 


7.4.1-jadval. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin