tadqiqotlari natijalariga ko‘ra, bitim xarajatlari (taqchillikni izlash,
navbat kutish va pora berish) mutanosib va rasmiy bozorlardagi
narxlar o‘rtasidagi tafovutni qoplamaydi
149
, R. Dekona va Dj. Sansteli
modelini unga mutanosib bozorni kiritgan
holda oson kengaytirish
mumkin.
S. Devareydjen, K. Djons va M. Romerlar boshqa vaziyatni
o‘rganadilar: hukumat maxsus do‘konlar orqali kuponlar yoki
ma’lum belgilariga ko‘ra (masalan, ijtimoiy ahvoli yoki bandligiga
mos ravishda), ratsionlashtiriladigan tovarlarga bepul kirish
imkoniyatini taqdim qiladi. Ular buni “xarajatlardan holi
ratsionlashtirish” (costless rationing)
150
, deb nomlaydilar.
Biroq
bunday bepul ta’minotning qo‘llanishi xaridorlar o‘zlarining
mutanosib bozorda bepul olingan tovarlarini qayta sotganlaridagi
vaziyat imkoniyatlarini istisno etmaydi., ularga ratsionlashtirilgan
taqsimotda yuzaga kelgan rentani to‘liq zabt etish imkonini beradi.
Bu esa nazorat ostida turgan tovarlarni bunday nazorat mavjud
bo‘lmaganiga qaraganda, iste’molchilarga ko‘proq talab qilish,
sotuvchilarga esa ko‘proq yetkazib berish imkoniyatini yaratadi.
Sababi
shundaki, iste’molchilarning daromadlari ko‘p miqdorda
tovarlarga talab yaratadigan renta hisobiga oshdi.
D. Bevan, P. Koller va Dj. Ganning Tanzaniya qishloq joylarida
ko‘pchilik iste’molchilar faol amal qiladigan mutanosib bozorlarning
mavjudligiga qaramasdan, tovarlarni qo‘lga kiritish holatida
bo‘lmasliklari to‘g‘risidagi ma’lumotlarga tayanib, buning sababi
axborot olish yuqori xarajatlari bo‘lishi mumkin, degan taxminni
bildiradilar
151
. Agar narxli yoki boshqa ma’muriy
cheklovlar
mutanosib bozor sotuvchilariga qarshi repressiyadan (qamoq va
jarimalar) foydalanib, kuch ishlatish yo‘li bilan hal qilinsa, bu
sotuvchilar nafaqat o‘z mahsulotini reklama qilishda, balki potensial
xaridorlar bilan bitim tuzishga urinishlarda ham riskka duch keladilar.
Chunki har qanday xaridor ayniqsa, sotuvchi xaridorga narxlarni
149
Qarang:
Nguyen Т. Т., Whalley J.
Equilibrium under price controls with endoge-
nous transactions costs // Journal of Economic Theory. 1986. Vol. 39. P. 290-300.
150
Qarang:
Devarajan S., Jones C, Roemer M.
Op. cit. P. 1881 - 1894.
151
Qarang:
Bevan D., Collier P., Gunning J. W.
Black Markets: Illegality,
Information and Rents // World Development. 1989. Vol. 17. No. 12. P. 1955-1964.
xaridor
avval hisoblaganiga qaraganda, ancha yuqori belgilashga
uringanda, xabar beruvchi bo‘lishi mumkin. Mazkur vaziyatlarda
sotuvchilar qamoqqa olinish ehtimolini kamaytirishga va tovarlarni
mutanosib bozorlarda belgilanganidan sezilarli ravishda past
narxlarda taklif qilgan holda o‘z foydasini ko‘paytirishga majbur
bo‘ladilar. D. Bevan, P. Koller va Dj. Ganning tadqiqotlari shu tariqa,
mutanosib bozorlar tadqiqotining yangi jihatini –
ularning
“jozibadorligi” ni, potensial xaridorlar tomonidan nolegal
sotuvchilarni izlash qiyinchiliklarini tahlil qilishni ochadi. Albatta,
mutanosib bozorlarni o‘rganish jiddiy cheklanishlarga ega.
Noqonuniy faoliyat to‘g‘risidagi har qanday masala intervyuyer
uchun ma’lum risk bilan bog‘liq. Ko‘pgina vaziyatlarda
so‘ralayotganlar, masalan, ular mutanosib bozorlarda sotgan yoki
sotib olgan tovarlar miqdori, ular olgan yoki to‘lagan pullar summasi,
poralar, aniqlangan riskni kamaytirish usullari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni aniqlash mumkin bo‘lmasligi uchun qarshilik
ko‘rsatadilar.
Bundan tashqari, agar respondentlar tadqiqotchiga
ishonchli axborotni xabar qilishni xohlasalar, mutanosib bozorlar
tabiatining o‘zi uni umumlashtirishni qiyinlashtiradi: sotilgan tovar
umumiy miqdorini baholash qiyin, chunki sotuvga juda ko‘plab
mayda sotuvchilar jalb qilingan. Bu
sabablar tufayli iqtisodiy-
matematik
modellashtirish
sabablari
norasmiy
iqtisodiyot
nazariyasida boshqa iqtisodiy-huquqiy nazariyalar, masalan,
jinoyatlar va jazolar iqtisodiyot nazariyasi (economics of crime and
punishment) yoki mulkchilik huquqi iqtisodiyot nazariyasidagiga
(economics of property right) qaraganda, hali kuchsiz rivojlangan.
Neoinstitutsional yondoshuvlar norasmiy iqtisodiyotning yangi bir
butun paradigmasi shakllanishiga olib kelmadi. Zamonaviy g‘arb
adabiyotlarining tahlili ko‘rsatishicha, an’anaviy institutsionalizm
ko‘rinishidagi yondoshuvlar ayrim neoinstitutsional g‘oyalar
bilan
yangilangan bo‘lsada, ustuvor tendensiya bo‘lib qolmoqda. Perulik
iqtisodchi Ernando de Sotoning konsepsiyasi “eski” va “yangi”
institutsionalizmning bunday sinteziga xarakterli misol bo‘lib, u
norasmiy iqtisodiy faoliyat to‘g‘risidagi tasavvurlarda tubdan inqilob
yasadi.
Dostları ilə paylaş: