taqozo etadi”
47
. Ushbu holatni muqarrarligini siyosatchi Andranik
Migranyan ham ta’kidlagan edi: “O‘g‘irlanishi kerak bo‘lgan
narsa
tezroq o‘g‘irlanishi zarur. Bu o‘g‘irlikni tugatishning yagona
usulidir”
48
. Ammo tabiiy savol tug‘iladi: “o‘g‘ri”ning bilim va
ko‘nikmasi o‘g‘irlangan buyum va resurslarni samarali boshqarish
uchun yetarlimikan?
Zamonaviy tadbirkorlar ko‘pchilik holatda sovet davrida yashirin
sexlar ochib ish yuritganlar yoki “eski” xo‘jalik-partiya elitasi
vakillari hisoblanishadi. Ular kuyungan holda
ishlab chiqarishlarini
takomillashtirishga harakat qilishayotganlari yo‘q. Ular boshqa
yengilroq, kamsarf, risk darajasi kam usulardan foydalanishmoqda.
Ularning xatti-harakati – Veber bo‘yicha “halol daromad”ga va
Shumpeter bo‘yicha ijodiy o‘zini namoyon etishga intilish emas,
balki bu Marks bo‘yicha “barcha insoniy qonuniyatlarni poymol
qilmoq”likdir. Sovet davridagi yashirin “ma’muriy bozor”
qatnashchilari hozirgi vaqtda normal bozor raqobatining dushmanlari
sifatida faoliyat yuritishmoqda. Bunday nobozor yoki bozorga qarshi
faoliyat ularni avval ham sog‘lom bozor munosabatlariga
qo‘shilmaganliklaridan dalolat beradi.
Ba’zi tadqiqotchilar sobiq Sovet
Ittifoqi davridagi yashirin
iqtisodiyotda noqonuniy bozor sektori mavjud bo‘lgan, odamlarni
xo‘jalik yuritishga to‘siq bo‘luvchi ma’muriy cheklovlardan ozod
etilsa,
mamlakatda
birdaniga
iqtisodiy
erkinlik
iqtisodiy
taraqqiyotning sababchisi bo‘ladi, degan fikr bildirganlar. Ammo
iqtisodiyotni boshqarishda davlatning aralashuvi katta ahamiyatga
ega ekanligi e’tiborga olinmagan.
Sovet xo‘jalik tizimida aslida bitta emas,
balki ikkita parallel
xufyona iqtisodiyotlar mavjud edi – bozor (kamyob va noyob tovarlarni
noqonuniy ishlab chiqarish) va ma’muriy-buyruqbozlik (tanish-
bilishchilik evaziga noqonuniy imtiyozlarga ega bo‘lish). Bu ikki tizim
mohiyatan bir tanganing ikki tomonidir, chunki rollarni almashish
umumiy qoida sifatida qabul qilingan edi. “Yashirin sex” yurituvchisi
o‘z biznesi bilan faqatgina mahalliy (yoki undan ham yuqoriroq)
47
Тимофеев Л.М. Институциональная коррупция. М.: 2000. С.231.
48
O‘sha yerda. С.232.
rahbariyatning xayrixohligi ostida shug‘ullanishi mumkin edi. Bu
holatda kam xarajatli va yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish
qobiliyati “sovg‘a” berish qobiliyatichalik ahamiyatga ega emas.
Ikki tomonlama faoliyat yuritish bozor institutlarini paydo bo‘lib,
shakllanib borishida ham o‘z aksini topdi. Xufyona iqtisodiy
munosabatlar odamlarni rasmiy hujjatlarga
norasmiy yondashuvga,
inson kapitalini rivojlantirishda malakani oshirishga emas, balki
“kerakli” odamlar bilan munosabatlar o‘rnatishga undadi. Iqtisodiy
tizim
taraqqiyotida
yashirin
iqtisodiyot
funksiyalarining
ikkiyoqlamaligi universal qonuniyatni yuzaga keltiradi: yashirin
iqtisodiy
munosabatlar
institutsional
innovatsiyalarning
yo‘nalishlarini
belgilaydi, ammo ommaviy ravishda joriy etish
jarayonida ularni “orqaga tortish”ni boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: