III BOB. IQTISODIY TIZIMLAR TARAQQIYOTIDA
XUFYONA IQTISODIYOTNING O‘RNI
3.1. Xufyona iqtisodiyot jahon iqtisodiy tarixining elementi
3.2. Xufyona iqtisodiyot ijtimoiy taraqqiyotni
jadallashtiruvchi omil sifatida
3.3. Xufyona
iqtisodiyot
ijtimoiy
taraqqiyotni
sekinlashtiruvchi omil sifatida
3.1. Xufyona iqtisodiyot jahon iqtisodiy tarixining elementi
O‘z fuqarolariga ma’lum bir majburiyatlar yuklovchi va
cheklovlar o‘rnatuvchi davlat paydo bo‘lishi bilan “ijtimoiy
kelishuv”ni pisand qilmaydigan shaxslarning davlatdan tashqari
faoliyati – yashirin iqtisodiyot vujudga keladi.
Industriyalashtirishgacha bo‘lgan rivojlanish sharoitida –
osiyocha ishlab chiqarish usuli hukmron jamiyatlarda – yashirin
iqtisodiy faoliyatning har uchchala turi uchraydi. “Suvda
suzib
yurgan baliq uni ichmoqdami yoki yo‘qmi, aniqlash qanchalik qiyin
bo‘lsa, amaldorning davlat mulkini o‘zlashtirayotganini aniqlash ham
shunchalik qiyindir”
43
. Bunday fikrlar uzoq zamonlar Misrdan
Xitoygacha bo‘lgan kenglikda keng tarqalgan edi. Davlat boshqaruvi
ilmi to‘g‘risidagi Sharq traktatlarida davlat cho‘ntagi bilan o‘z
cho‘ntagini adashtiradigan amaldorlarning riboxo‘rligi (poraxo‘rligi)
ustidan arzlar juda ko‘p uchraydi. Xitoy jamiyatshunoslik fanining
yuksak yodgorligi hisoblangan – “Yan te lun” (“Tuz va temir
to‘g‘risida bahs”) asarini xo‘jalik yuritishning norasmiy (“kul rang”)
sektori to‘g‘risidagi eng qadimgi “stenogramma” (eramizdan avval
81 y.) deb hisoblash mumkin: tuz va temirga davlat monopoliyasi
ushbu noyob mahsulotlarni ommaviy
ravishda yashirin ishlab
chiqarishga olib keldi. “Qora” yashirin iqtisodiyotga misol qilib
papiruslarda yozilgan Qadimgi Misrdagi maqbaralarni talon-taroj
qiluvchilar faoliyatini keltirish mumkin.
Yevropada antik va o‘rta asrlarda davlat hali jamiyat ustidan
ommaviy nazorat o‘rnatishga intilmas edi, va yashirin iqtisodiy
faoliyat Sharq mamlakatlaridagiga nisbatan kam darajada rivojlangan
43
“Artxashastra” qadimgi Hindiston traktati
edi. Shunday bo‘lsa-da, yevropaliklar
ham bu davrda yashirin
iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lganlar. Masalan,
G‘arbiy Yevropada “kul rang” (norasmiy) iqtisodiy faoliyat sexlarda
qabul qilingan tartib-qoidalarga, imtiyozlarga rioya qilmaydigan
sexdan tashqari faoliyat ko‘rinishida rivoj topgan. “Oq yoqali”
yashirin iqtisodiyotga misol qilib nasroniy mamlakatlardagi
sudxo‘rlikni keltirish mumkin. Diniy huquq bilan foiz evaziga qarz
berish taqiqlangan bo‘lsa-da, bu bilan kichik milliy-diniy guruhlar
(birinchi navbatda, yahudiylar)dan
tashqari oqsuyak va cherkov
feodallari ham shug‘ullanganlar.
Jamiyatni
industriyalashtirishgacha
bo‘lgan
sharoitda
industriyalashtirish jamiyatdagi o‘zgarishlar yashirin tadbirkorlik
faoliyatining barcha turlari keskin rivojlanishiga olib keldi.
Kapitalistik ishlab chiqarishning ilk shakllari (masalan, tarqalib
ketgan manufaktura) qonuniy sex hunarmadchiligiga nisbatan
ommaviy “maxfiy” oppozitsiyani namoyon etadi. XVI–XVIII
asrlarda O‘rta va Karib dengizlarida, Hind okeanida dengiz
qaroqchiligi rivojlanib, dengiz marshrutlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatdi.
Davlatchilik rivojlangan barcha mamlakatlarning
davlat apparati
korrupsiya va davlat mulkini talon-taroj qilishga duchor bo‘ldi.
“Protestant etikasi” raqobatga ijozat beruvchi, lekin zo‘ravonlik
va qonunbuzarlikni inkor etuvchi “halol biznes” shaklida boylik
ortidan quvishni boshlagandan so‘ng kapitalizm mustahkam oyoqqa
tura boshladi. Yangi davrda yashirin biznesning ba’zi shakllari
qonuniylashib bordi (masalan, bank sohasi) va uning eng jinoiy
shakllari bilan (qaroqchilik, korrupsiya) kurash qat’iylashib bordi.
“Klassik” kapitalizm davrida yashirin iqtisodiyot biroz chekinsa-da,
lekin butunlay yo‘q bo‘lib ketmadi. Masalan, XIX asrga qadar amal
qilgan savdoni cheklash oddiy tovarlarning ommaviy kontrabandasini
yuzaga keltirdi; qullar bilan savdo qilish kontrabandasi esa XIX asr
o‘rtalariga qadar ravnaq topdi. XX asr boshlaridagi bozor xo‘jaligini
davlat tomonidan tartibga solishning kuchaytirilishi zamonaviy
tipdagi uyushgan jinoyatchilik shakllanishiga olib keldi.
Xufyona iqtisodiyot rivoj topishining yangi bosqichi XX asrning
o‘rtalaridan boshlandi
44
. U xo‘jalikning
global transformatsiyasi,
44
Муминов Н.Г. Иқтисодий тизимлар тараққиётида яширин иқтисодиётнинг
ўрни // Иқтисод ва молия, №2, 2018. Б.11.
o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. Rivojlanayotgan mamlakatlarda yashirin
iqtisodiy faoliyatning kengayib borishi ushbu mamlakatlarning
zamonaviy industrial mamlakatlarga va jahon bozoriga qo‘shilib
borishi bilan bog‘liqdir. 1970-yillardan boshlab “sotsialistik”
mamlakatlar iqtisodiyoti jinoiylashuvi industrial jamiyatni ma’muriy
boshqaruv modelining bozor boshqaruvi modeli oldidagi yengilishi
natijasida yuzaga keldi. Sobiq sotsialistik mamlakatlarda 1990-
yillardagi radikal iqtisodiy islohotlar davomida “buyuk jinoiy
inqilob” bo‘lib o‘tdi, va yashirin iqtisodiy faoliyatning barcha turlari
keskin rivoj topa boshladi.
Xufyona iqtisodiyotning o‘sishi industrializatsiyadan keyingi
jamiyatga qadam qo‘yayotgan rivojlangan
mamlakatlar uchun ham
xos bo‘lib, ularda shaxs erkinligi sifat jihatdan o‘sishi alohida
ahamiyatga molik. Norasmiy bandlikning o‘sishi, “qo‘llarni
bog‘laydigan” davlat cheklovlarini aylanib o‘tishga intilish,
iste’molchilarning “taqiqlangan ne’matlar”ga intilishi yuqori
darajada rivojlangan jamiyatlarni tizimli modernizatsiyalashning
qo‘shimcha samarasidir.
Shunday qilib, har qanday ijtimoiy-iqtisodiy tizimning
rivojlanishi (ibtidoiy jamoa tuzumidan tashqari)
albatta yashirin
iqtisodiy munosabatlarni rivojini ham taqazo etadi. Shunday ekan, bu
munosabatlar tasodifiy emas, balki formatsion taraqqiyot natijasida
qonuniy yuzaga kelgandir.
Dostları ilə paylaş: