– xufyona ishlab chiqarish;
– xufyona taqsimot;
–
xufyona ayirboshlash;
– xufyona iste’mol.
Xufyona ishlab chiqarish noqonuniy, hisobga olinmagan,
yashirin,
mayda ishlab chiqarish, sifatsiz mahsulotlar chiqarish,
ishlab chiqarish resurslaridan noratsional foydalanishda namoyon
bo‘ladi.
Xufyona taqsimlash daromadlarni noqonuniy taqsimlash, maxsus
taqsimot, davlat mulkini o‘g‘irlash, o‘zlashtirish,
fuqarolar xususiy
mulkiga tajovuz qilish va unga nisbatan jinoyatlarda ifodalanadi.
Xufyona ayirboshlash noqonuniy savdo, xaridorlarni aldash,
noqonuniy tarzda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni sotish shakllarida
yuz beradi.
Xufyona iste’mol noqonuniy yo‘l bilan topilgan ne’matlarni
iste’mol qilish, xizmatlardan noqonuniy foydalanish, jamiyatda qabul
qilinmagan, kishilarning destruktiv
ehtiyojlarini qondirishga
mo‘ljallangan mahsulotlarni iste’mol qilish hamda ana shunday
xarakterdagi xizmatlardan foydalanish (Qarang: 1-.1.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: