yillarning oxirida AQSh rasmiy YaIM ning uchdan bir qismini tashkil
etishini baholadi. Bu baho AQSh Kongressining Iqtisodiy
qo‘mitasida maxsus muhokama qilindi. Faygning fikriga ko‘ra, har
bir alohida xufyona iqtisodiyot turining tafsifi uning vakillari
buzadigan institutsional qoidalar to‘plami bilan belgilanadi, ya’ni
ularning faoliyati qoidalar va normalarning o‘rnatilgan
tizimi
doirasidan tashqariga chiqadi yoki uni chetlab o‘tadi va, o‘z
navbatida, o‘lchanmaydi va ijtimoiy jihatdan hisobga olinmaydi
5
.
1991 yilda Jenevada Yevropa statistiklarining yashirin va
norasmiy iqtisodiyotga bag‘ishlangan konferensiyasi bo‘lib o‘tgan.
Uning
materiallari
asosida
rivojlangan
bozor
iqtisodiyoti
mamlakatlarida xufyona iqtisodiyot statistikasi bo‘yicha maxsus
ko‘rsatmalari nashr etilgan.
Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli ta’riflar
berilgan:
1. Xufyona iqtisodiyot qonun asosida man qilingan faoliyat
turlari deb ta’riflanadi.
2. Xufyona iqtisodiyot iqtisodiy faoliyatning
kuzatilmagan va
yashirin faoliyat turi.
3. Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga
ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda
ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot
tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortishdan chetda qoladi
6
.
Xufyonalik – shaxslarning kundalik faoliyatni tashkil qilishda
mavjud huquq(qonun) normalaridan foydalanishdan bo‘yin tovlash
va yozilmagan huquqqa, ya’ni an’analar va urf-odatlarda qayd etilgan
normalarga hamda mulkchilik huquqlarini almashish va himoyalash
yuzasidan kelib chiqqan nizolarni hal
etishning huquq doirasidan
chetga chiquvchi mexanizmlariga murojaat etishidan iborat
7
.
Xufyona iqtisodiyot
-
nafaqat iqtisodiy-ijtimoiy tuzilmalar,
jamiyatdagi iqtisodiy mynocabatlapni o‘z ichiga oluvchi murakkab
5
Qarang: Файг Э. Определение и оценка подпольной и неформальной
экономики: нео-институциональный подход. –М.: РТТУ, 2000. -147 с.
6
Qarang: Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик:
назария ва амалиёт. Ўқув қўлланма.-Т.: Ноширлик ёғдуси, 2019.-485-бет.
7
Абулқосимов Ҳ.П., Абулқосимов М.Ҳ. Иқтисодий хавфсизлик: назария ва
амалиёт. Ўқув қўлланма.-Т.: Ноширлик ёғдуси, 2019.-485-бет.
ijtimoiy-iqtisodiy voqelik, balki, avvalo, jamiyat tomonidan nazorat
qilib bo‘lmaydigan, mamlakat aholisining
bir qismini tashkil
qiluvchilarning shaxsiy va guruhiy manfaatlarni qondirish, ya’ni katta
miqdorda qo‘shimcha daromad (foyda) olishni ko‘zlab davlat
organlari boshqaruvi va nazoratidan yashirgan holda, davlat va
nodavlat mulkdan hamda iqtisodiy boylik, tadbirkorlik qobiliyatidan
jinoiy yo‘l bilan foydalanishdir.
Xufyona rejimda almashuvlarni amalga
oshirish ham xarajatlar
bilan bog‘liq. Xarajatlarning bir turida tejalishga erishgan xufyona
iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sub’ektlar boshqa xarajatlarni
ko‘proq amalga oshirishadi – ular «xufyonalik bahosi»ni to‘lashga
majburdirlar. Xufyonalik bahosi bir necha unsurlardan tarkib topadi.
1.
Dostları ilə paylaş: