Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

4.
Norasmiy iqtisodiyot.
Norasmiy iqtisodiyot jamiyat foydasini 
hamda mulkchilik munosabatlarini, litsenziyalashni, mehnat 
shartnomalarini, moliyaviy kreditlash va ijtimoiy sug‘urtalash 
munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar va ma’muriy qoidalar 
bilan belgilangan huquqlarni buzgan holda alohida xarajatlarni 
tejovchi iqtisodiy faoliyatni o‘z ichiga oladi. U norasmiy faoliyat 
yurituvchi iqtisodiy agentlar tomonidan olinadigan daromadlar bilan 
o‘lchanadi
11
(1.2.2-rasm). 
1.2.2-rasm. E.Fayg nuqtai nazaridan xufyona iqtisodiyot 
shakllari
12
 
Xufyona iqtisodiyot milliy xavfsizlikka tahdid sifatida alohida 
shaxslar, shaxslar guruhi, institutsional sub’ektlari o‘rtasidagi moddiy 
ne’mat va xizmatlar ishlab chiqarish, taqsimlash, ayirboshlash va 
11
Qarang: Файг Э. Определение и оценка подпольной и неформальной 
экономики: нео-институциональный подход. –М.: РТТУ, 2000. –С.147-148; Беркинов 
Б.Б

Институционал иқтисодиёт: ўқув қўлланма / Б.Б. Беркинов; ЎзР олий ва ўрта 
махсус таълим вазирлиги, Тошкент давлат иқтисодиёт ун-ти, Институционал ва 
иқтисодий тадқиқотлар маркази. – Т.: Yangi nashr, 2011. – 64-65-бетлар. 
12
Файг Э. Определение и оценка подпольной и неформальной экономики: 
нео-институциональный подход. –М.: РТТУ, 2000. –С.147-148 
Xufyona iqtisodiyot shakllari 
Nolegal iqtisodiyot
Hisobga olinmagan 
iqtisodiyot
Norasmiy iqtisodiyot
Ro‘yxatga 
olinmagan 
iqtisodiyot


iste’mol qilish yuzasidan bo‘ladigan munosabatlar yig‘indisi bo‘lib, 
uning natijalari rasmiy statistikada hisobga olinmaydi va soliqqa 
tortilmaydi. 
Xufyona iqtisodiyot amal qilishi davlat iqtisodiy xavfsizligiga 
potensial va real xavf, tahdid soladi. U normal iqtisodiy jarayonlarga, 
rasmiy iqtisodiyotda sodir bo‘ladigan daromadlarning shakllanishi va 
taqsimlanishi, xalqaro savdo, investitsiyalash, iqtisodiy o‘sish 
jarayonlariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Iqtisodiy fanda iqtisodiyotning qaysi sektorga, ya’ni norasmiy, 
kiriminal, fiktiv, xufyona yoki ochiq, rasmiy iqtisodiyotga tegishli 
ekanligini aniqlashda quyidagi mezonlar asos qilib olinadi: 
– davlatning fiskal (soliq) manfaatlari; 
YaIMning real hajmi
– huquqiy parametrlar; 
– ho‘jalik sub’ektlari o‘zaro harakati tavsifi. 
Xufyona iqtisodiyot daromadlarni soliqqa tortishdan yashirishda 
namoyon bo‘ladi. Soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash usullari 
quyidagilardan iborat: 
– turli banklarda bir necha hisob raqamlarini ochib, ular orqali 
buxgalteriya hisobida to‘liq ko‘rsatilmagan holda pul operatsiyalarini 
amalga oshirish; 
– trast, veksel va boshqa hisoblardan foydalanish; 
– “ikkiyoqlama buxgalteriya” yuritish, naqd pullar bilan 
muomala qilish, shu orqali daromad va pul tushumlarini soliqdan 
yashirish; 
– korxonani bir shahar, tumanda ro‘yxatdan o‘tkazish, ammo 
hisob raqamini boshqa shahar, tumandagi banklarda ochish orqali 
soliq to‘lashdan korxona ro‘yxatga olingan joyda va faoliyat yuritgan 
joyda ham qochadi, ya’ni bo‘yin tovlashadi; 
– hisobga olinmagan xarajatlar hisobiga sotilayotgan mahsulot 
(xizmat, ishlar)ning tannarxini oshirib ko‘rsatish; 
– rasmiy hisob va to‘lov xujjatlarida tomonlarning kelishuviga 
asosan bajarilgan ish (ko‘rsatilgan xizmatlar) qiymati past narxlarda 
ko‘rsatiladi, uning qolgan qismini naqd pul shaklida o‘zaro taqsimlab 
oladilar. Naqd pullardagi daromad soliqqa tortishdan yashiriladi. 
Xufyona 
iqtisodiyot 
diorasida 
amalga 
oshiriladigan 
operatsiyalarni quyidagi turlarga bo‘lish mumkin: 


– to‘liq buxgalterlik hisobidan chiqarilgan, hech qayerda 
hisobga olinmaydigan ho‘jalik-moliya operatsiyalari. Bunday 
operatsiyalarni huquqiy jihatdan ro‘yxatga olingan va umuman 
ro‘yxatga olinmagan korxonalar tomonidan amalga oshiriladi; 
– qisman yashirilgan operatsiyalar. Bunda korxonalar 
tomonidan amalga oshirilgan operatsiyalarning bir qismi, ya’ni 
olingan daromadning bir qismi buxgalteriya hisobga olinmaydi
soliqqa tortishdan yashiriladi. 
Xufyona iqtisodiyot amaldagi qonunchilikka zid kelishi yoki zid 
kelmasligi nuqtai nazaridan kriminal, jinoiy yoki kuzatilmagan 
xufyona iqtisodiyot sektorlariga ajratiladi. Kriminal, ya’ni jinoiy, 
qora xufyona iqtisodiyotda umuman iqtisodiy faoliyat yashiriladi. 
Kuzatilmagan, norasmiy iqtisodiyot sektorida sarf xarajat yoki 
daromad yashiriladi yoki umuman hisobga olinmaydi
13

Xufyona faoliyatning turlarini farqlashning uch mezonidan 
foydalaniladi: ularni “oq” (“birinchi”, rasmiy) iqtisodiyot bilan 
bog‘liqligi, hamda iqtisodiy faoliyatning sub’ektlari va ob’ektlari. 
Shu nuqtai nazardan yashirin iqtisodiyotni uch sektor (soha)ga 
ajratish mumkin (1.2.1-jadval): 
• 
“ikkinchi” (“oq yoqalilar”); 
• 
“kul rang” (“norasmiy”); 
• 
“qora” (“maxfiy”) yashirin iqtisodiyot. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin