(sovg‘alar, zayomlar) olingan daromad
noqonuniy
norasmiy
daromadlar
xizmatlardan (nolegal sudxo‘rlar, o‘g‘irlik
mollarni sotib oluvchilar, narkotik sotuvchilar,
fohishalar,
dayuslar,
kontrabandachilar,
reketirlar va boshqalar mehnatidan) va
transfertlardan (o‘g‘irlik, kamomad)
Norasmiy iqtisodiyotni o‘rganish
muhimligini asoslab turib
K.Xart “ishlab chiqarish faoliyatini pisand qilmaydigan,
uyushgan
mehnat bozoridan tashqarida joylashgan va shahardagi ish kuchini
faqatgina
yarmini
qamrab
oluvchi”
105
rasmiy
iqtisodiy
ko‘rsatkichlardan foydalanish yaxshi natija bermasligini ta’kidladi va
norasmiy strukturalarni turli tipdagi shahar iqtisodiyotlarini tarixiy va
madaniy jihatlarini keng miqyosda solishtirib tahlil etishga da’vat
etdi.
K.Xart kashfiyotini birdaniga hamkasblari targ‘ib qila
boshlashdi. 1972 yilda Xalqaro mehnat tashkiloti (XMT) Keniyada
bandlik to‘g‘risida
jamoa tadqiqotini chop etdi, unda norasmiy
iqtisodiy faoliyat konsepsiyasi
asosiy ilmiy paradigma
106
sifatida
talqin qilingan edi. XMT tomonidan Keniya to‘g‘risida tayyorlangan
hisobot norasmiy va rasmiy sektorlar o‘rtasidagi farqni quyidagicha
tushuntirgan edi:
“Norasmiy faoliyat quyidagi xususiyatlar xos:
a) kirish (kirishib ketish) yengilligi (ishlab chiqarishga);
b) shaxsiy resurslarga tayanish;
v) faoliyatga oilaviy egalik qilish;
g) faoliyat miqyosining kichikligi;
d) mehnat intensiv va egiluvchan texnologiyalar;
e) rasmiy maktab tizimidan tashqarida olingan ko‘nikmalar;
j) bozorlarning boshqarilmasligi va raqobatliligi.
Norasmiy sektorning faoliyatiga ko‘pincha hukumat tomonidan
e’tibor berilmaydi, kamdan-kam hollarda qo‘llab-quvvatlanadi, tez-
tez tartibga solinib turiladi va ayrim hollarda faol bostiriladi.
105
Hart К.
Op. cit. Р. 88.
106
ILO. Employment, incomes and equality: a strategy for increasing productive
employment in Kenya. Geneva, 1972.
Rasmiy sektordagi faoliyat xususiyatlari norasmiydagiga
qarama-qarshidir:
a) kirish murakkab;
b) tashqi resurslarga muntazam ravishda muhtoj bo‘lish;
v) korporativ egalik qilish;
g) keng miqyosda faoliyat yuritish;
d) kapital intensiv, ko‘pincha import texnologiyalar;
e) rasmiy olingan ko‘nikmalar;
j) bozorlar proteksionistik himoya ostida (tariflar, kvotalar, savdo
litsenziyalari yordamida)”
107
(7.1.2-jadval).
Dostları ilə paylaş: