5. Soliqlarni
to‘lashdan
bo‘yin
tovlashning
qanday
strategiyalaridan foydalaniladi?
6. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlashda qanday usullardan
foydalaniladi?
7. Offshor zona va offshor kompaniya deganda nimalarni
tushunasiz?
8. Offshor kompaniyalar soliqlardan qochish uchun qanday
usullardan foydalaniladi?
9. Amaliyotda soliqlarni to‘lashdan bo‘yin
tovlashning qanday
misollarini keltira olasiz?
10. Soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash holatlarga barham berish
uchun Sizningcha qanday chora-tadbirlarni amalga oshirish kerak?,
deb o‘ylaysiz
VII BOB. NORASMIY (“KULRANG”) XUFYONA
IQTISODIYOT
7.1. Rivojlangan
va
rivojlanayotgan
mamlakatlarda
«norasmiylik».
7.2. MDH mamlakatlarida norasmiy iqtisodiyot
7.3. “Norasmiylik”ni
tahlil
qilishga
neoinstitutsional
yondashuvlar.
7.4. Ernando de Sotoning “kul rang” xufyona iqtisodiyot
konsepsiyasi
7.5. Norasmiy
iqtisodiyotning
rivojlanishining
hozirgi
zamon umumiy qonuniyatlari
7.1. Rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarda
«norasmiylik».
Kulrang xufyona iqtisodiyot
-
bu xufyona iqtisodiyotning eng
keng sektori hisoblanadi. Shu bilan birga, uni o‘rganish qora yashirin
iqtisodiyotni tahlil qilishdan ko‘ra murakkabroqdir:
uyushgan
jinoyatchilik iqtisodiyoti “normal”, rasmiy iqtisodiyotdan aniq ajralib
tursa, norasmiy iqtisodiy faoliyat jamiyatning barcha jabhalariga
o‘rnashib oladi, natijada norasmiy sektorni aniqlab olish juda
murakkab jarayonga aylanadi.
Iqtisodchilar norasmiy iqtisodiyotni
chorak asrdan beri
o‘rganishmoqda, lekin ular ushbu fenomenning mohiyatini anglab
olishdi deb aytib bo‘lmaydi. Uning kelib chiqish sabablari,
jamiyatning iqtisodiy hayotidagi o‘rni,
u borasidagi davlat
siyosatining optimal yo‘nalishlarini ishlab chiqish to‘g‘risida fikr
yuritishdan oldin, hatto, uning aniq ta’rifi bo‘yicha bahslar davom
etmoqda.
Norasmiy iqtisodiyotni tadqiq etish tarixini shartli ravishda ikki
bosqichga ajratib o‘rganish mumkin:
I bosqich (1970-1980 y.): empirik tadqiqotlar,
birlamchi
axborotni to‘plash.
II bosqich (1980-1990 y.): chuqur iqtisodiy-nazariy tahlil,
to‘plangan axborotni anglab yetish.
Xorijiy mamlakatlarda norasmiy iqtisodiyotni tadqiq etish
qanday kechkanligini quyida ko‘rib chiqiladi.
Dostları ilə paylaş: