Abulqosimov h. P., Muminov n. G



Yüklə 4,1 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/158
tarix21.10.2023
ölçüsü4,1 Mb.
#158377
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   158
9JYP6FK7Ysicny4COFKL

7.1.2-jadval. 
XMT tomonidan Keniya to‘g‘risida tayyorlangan hisobotda 
berilgan norasmiy va rasmiy iqtisodiyot sektorlari o‘rtasidagi 
farqlar
108
 
Norasmiy iqtisodiyot sektori
 
Rasmiy iqtisodiyot sektori 
kirish (kirishib ketish) 
yengilligi (ishlab chiqarishga)
kirish murakkab; 
shaxsiy resurslarga tayanish
tashqi resurslarga muntazam 
ravishda muhtoj bo‘lish 
faoliyatga oilaviy egalik qilish
korporativ egalik qilish 
faoliyat miqyosining kichikligi
keng miqyosda faoliyat yuritish 
mehnatintensiv va egiluvchan 
texnologiyalar
kapital intensiv, ko‘pincha 
import texnologiyalar 
rasmiy maktab tizimidan 
tashqarida olingan ko‘nikmalar
rasmiy olingan ko‘nikmalar 
bozorlarning boshqarilmasligi 
va raqobatliligi
bozorlar proteksionistik himoya 
ostida (tariflar, kvotalar, savdo 
litsenziyalari yordamida) 
Solishtirish uchun 7.1.3-jadvalda norasmiy sektorga xos bo‘lgan 
asosiy belgilar qayd etib o‘tilgan. Bu belgilar Afrika mamlakat-
larining birida norasmiy sektor bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqotlardan 
107
ILO. Employment, incomes and equality: a strategy for increasing productive 
employment in Kenya. P. 6. 
108
Mualliflar tomonidan tuzilgan. 


olingan.
109
Ushbu belgilar XMTning 1972 yildagi hisobotidagi 
xususiyatlar bilan mos tushadi. Norasmiy iqtisodiyotni aniqlash 
bo‘yicha 25 yil avval taqdim etilgan plyuralistik yondashuv hozirgi 
vaqtgacha ham o‘zgartirilmagan (takomillashtirilmagan).
110
Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) dokladidan so‘ng “norasmiy 
iqtisodiyot” (informal economy), “norasmiy sektor” (informal sector) 
terminlari qisqa muddat ichida ingliz tilidagi adabiyotlarda 
umumqabul qilingan terminlar qatoriga qo‘shildi. Afrikashunos 
tadqiqotchilar qatoriga tez orada Lotin Amerikasi va Osiyo 
rivojlanayotgan mamlakatlari bo‘yicha mutaxassislar ham qo‘shildi. 

Yüklə 4,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   158




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin