69
V.
Moliyaviy natijalarning shakllanishi va ishlatilishi;
VI.
Balansdan tashqari schyotlar.
Birinchi to‘rt qism schyotlarining majburiyatlariga asosan moliyaviy
hisobotning I-shakliga balans tuziladi. Beshinchi qism “Moliyaviy
natijalarning
shakllanishi va ishlatilishi” schyotlarning ma’lumotlariga asosan moliyaviy
natijalar to‘g‘risidagi hisobot 2-shakl tuziladi.
Schyotlar rejasida barcha schyotlar 9 bo‘limda quyidagi tizimda keltirilib
ko‘rsatilgan:
1-bo‘lim. Asosiy vositalar, nomoddiy va boshqa uzoq muddatli aktivlar;
2-bo‘lim. Tovar-moddiy zaxiralar;
3-bo‘lim. Kelgusi davr xarajatlari va muddati uzaytirilgan
xarajatlar - joriy
qismi;
4-bo‘lim. Olinadigan schyotlar-joriy qismi;
5-bo‘lim. Pul mablag‘lari, qisqa muddatli investitsiyalar va boshqa joriy
aktivlar;
6-bo‘lim. Joriy majburiyatlar;
7-bo‘lim. Uzoq muddatli majburiyatlar;
8-bo‘lim. Kapital, taqsimlanmagan foyda va rezervlar;
9-bo‘lim. Daromadlar va xarajatlar.
Birinchidan sakkizinchi bo‘limgacha bo‘lgan schyotlar balans tuzilishiga
mos kelsa, 9-bo‘lim schyotlari moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot tuzilishiga
mos keladi.
Schyotlar rejasining birinchi qismi bir bo‘lim (1- bo‘lim) dan iborat bo‘lsa,
ikkinchi qismi to‘rt bo‘lim (2, 3, 4, va 5)lardan, uchinchi qismi ikki (6 va 7)
bo‘limlardan, to‘rtinchi qism bir (8-bo‘lim) bo‘limdan va beshinchi qism bir (9-
bo‘lim) bo‘limdan iborat
.
Yangi schyotlar rejasida schyotlar besh guruhga bo‘lib ko‘rsatilgan.
Schyotlarni buxgalterlar tomonidan eslab
qolishni osonlashtirish va
axborotlarni avtomatlashtirish zaruriyati schyotlarga nomerlar berkitishni taqozo
70
etadi. Schyotlar rejasidagi schyotlar kodlaridan tashqari nomiga ham ega.
Schyotning nomi - bu tub ma’noda schyotning o‘zidir. Chunonchi,
har bir
shaxsning familiyasi, uning o‘zini ramzi bo‘lganidek, schyotning nomi o‘zini
anglatadi. Schyotlar bilan ish olib borganda asosan ularning tayinlanishi va
foydalanish tamoyillarini bilish zarur. Hisob subyektlari tomonidan qo‘llaniladigan
schyotlarning to‘liq ro‘yxati schyotlar rejasidir.
Ayrim subyektlar tomonidan
qo‘llaniladigan schyotlar ro‘yxatida farqlarning mavjudligi ikki xil schyotlar
rejasini taqozo etadi: birinchisi-namunali, qonunchilik
bilan belgilangan schyotlar
rejasi, ikkinchisi-buxgalteriya hisobining ish schyotlar rejasi. Har bir korxona
umumiy qonunchilik bilan belgilangan schyotlar rejasiga asosan o‘z ish schyotlar
rejasini tuzib olishlari kerak. Ish schyotlar rejasida
tanlab olingan schyotlar
miqdori xo‘jalik faoliyati turiga qarab barcha qo‘llaniladigan xo‘jalik muomalalari
hisobini ta’minlashi kerak.
Hisobning barcha subyektlari namunali schyotlar rejasidan foydalanishga
majbur. Schyotlar rejasida ko‘rsatilmagan schyotlarni qo‘llash faqat O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: