82
balki xarajatlar alohida turlari ko‘rsatkichlarini ham ifodalaydi.
Ta’minot jarayonida korxona xo‘jalik faoliyatini davomiyligi va rivojlanishi
uchun zaruriy mablag‘lar kirim qilinadi. Sanoat korxonasini faoliyati uchun zaruriy
mablag‘lar quyidagilardan iborat:
-uzoq muddatli aktivlar (asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar);
-aylanma mablag‘lar (xom-ashyo, materiallar, ehtiyot qismilar, pul
mablag‘lari va boshqalar).
Korxonalar faoliyatida quyidagi mablag‘larga ham zaruriyat tug‘iladi: -qisqa
va uzoq muddatli moliyaviy qo‘yilmalar (aktsiya,
obligatsiya, karzlar, depozitlar.
va x.k.).
Korxonalarga asosiy vositalar quyidagi usullar orqali kirim qilinadi:
a) sotib olish;
b) ta’sischilarning hissasi tariqasida;
c) bepulga olish;
d) moliyaviy yoki operativ ijaraga olish.
Asosiy vositalar hisobi 0100–“Asosiy vositalar” aktiv schyotda yuritiladi.
Demak, asosiy voitalar ta’sischilardan hissa tariqasida olinsa, uning oldin
foydalanilgani va foydalanmaganligiga qarab buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
Asosiy vositalarni kirim qilish AV-1, ya’ni “Asosiy
vositalarni qabul qilish-
topshirish” dalolatnomasida rasmiylashtiriladi.
Ushbu hujjatda qabul qilinayotgan asosiy vositalar bilan bog‘liq ma’lumotlar
aks ettirilgan bo‘lib, shu ma’lumot asosida buxgalteriya yozuvlari aks ettiriladi.
1-misol.
Yangi asosiy vositalar ta’sischilardan olindi. Boshlang‘ich qiymati
10 000 000 so‘m.
Debet 0110-0190 “Asosiy vositalar”.
Kredit 4610 “Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo’yicha qarzi”.
2-misol. Oldin foydalanilgan asosiy vositalar ta’sischilardan ulush sifatida
olindi.
Boshlang‘ich qiymat 20 000 000 so‘m.
83
Eskirish summasi 4 000 000 so‘m.
Qoldiq qiymati 16 000 000 so‘m.
Asosiy vositaning kelishilgan qoldiq qiymatiga:
Debet 0110-0190 16 000 000 so‘m.
Kredit 4610 16 000 000 so‘m.
Asosiy vosita xarid qilinganda,
uni sotib olish, keltirish, o‘rnatish va
umuman foydalanish xolatiga keltirish bilan bog‘liq hamma xarajatlar 0800–
“Kapital qo‘yilmalar” schyotida yig‘iladi, hamda asosiy vosita qiymatini
oshiruvchi xarajatlar hisoblanadi va ushbu xarajatlar yig‘indisi asosiy vositasining
boshlang‘ich qiymatini tashqil etadi.
3-misol. a) Kompyuter xarid qilindi 5 000 000 so‘m.
Debet 0820– “Asosiy vositalarni xarid qilish”.
Kredit 6010–“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar”.
b) Transport tashkilotiga asosiy vositani keltirish yuzasidan to‘lov
hisoblandi 100 000 so‘m.
Debet 0820– “Asosiy vositalarni xarid qilish”.
Kredit 6990–“Boshqa majburiyatlar”.
c) Kompyuterni tayyor holatga keltirish yuzasidan xizmat ko‘rsatuvchi
firmaga to‘lov hisoblandi 60 000 so‘m.
Debet 0820– “Asosiy vositalarni xarid qilish”.
Kredit 6990–“Boshqa majburiyatlar”.
d) Kompyuter uchun to‘lov o‘tkazildi 5 000 000 so‘m.
Debet 6010–“Mol yetkazib beruvchilar va pudratchilarga to’lanadigan
schyotlar”.
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”.
e) Trasport tashkilotiga to‘lov o‘tkazildi 100 000 so‘m.
Debet 6990–“Boshqa majburiyatlar”.
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”.
84
f) O‘rnatish xizmati uchun firmaga to‘lov o‘tkazildi 60 000 so‘m.
Debet 6990–“Boshqa majburiyatlar”.
Kredit 5110–“Hisob-kitob schyoti”.
g) Asosiy vositalarni qabul qilish topshirish dalolatnomasi (AV-1)
asosida
asosiy vosita foydalanishga topshirildi.
Debet 0150 5 160 000 so‘m.
Kredit 0820 5 160 000 so‘m.
Korxonada mehnat buyumlarining ta’minoti ham zaruriy ta’minot
jarayonlaridan biri hisoblanadi. mehnat buyumlariga xom-ashyolar, materiallar,
yoqilg‘i, ehtiyot qismlar va boshqalar misol bo‘lib, ularni
xarid qilish baholari
bilan birga tashish, keltirish, tushirish xarajatlari ham mavjudki, biz ularni trasport-
tayyorlov xarajatlari deb ataymiz. Demak, sotib olingan mehnat buyumlari
tannarxini ularni sotib olish qiymati va tayyorlov xarajatlari yig‘inidisi tashqil
etadi.
Mehnat buyumlari hisobi 1000 –“Materiallarni hisobga oluvchi schyotlar”da
yuritiladi. mehnat buyumlari bilan haqiqiy ta’minotning miqdor ko‘rsatkichi ushbu
schyotning debetida reja (shartnoma) tannarxida aks ettiriladi.
Mehnat
buyumlarining haqiqiy tannarxi sotib olish qiymati va transport tayyorlov
xarajatlari yig‘indisi sifatida aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: