O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


 Buxgalteriya hisobining shakllari



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/194
tarix21.10.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#158432
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194
Бухгалтерия ҳисоби 1 қисм (1)

7.4. Buxgalteriya hisobining shakllari 
 
Buxgalteriya hisobining shakli
deb hisob registrlaridan foydalanishning 


137 
ketma-ketligi va bajarilish texnikasini yuzaga chiqaradigan ma’lum tizimga 
aytiladi. 
Registrlarning shakli va tuzilishi, sintetik va analitik hisob registrlarining 
o‘zaro xronologik va sistematik bog‘liqligi, yozuv ketma-ketligi va bajarilish 
texnikasi buxgalteriya hisobining shaklini aniqlaydigan asosiy belgidir. 
Korxonalar faoliyati hisobi yuritilar ekan, bunda bir necha buxgalteriya 
hisob shakllaridan foydalanadi. Korxonada qo‘llaniladigan hisob shakllarini 
tanlash quyidagi omillarga bog‘liq bo‘ladi: 
-
korxona hisob ishlarini hajmi ko‘p yoki kamligiga; 
-
korxona buxgalteriya xodimlarining malaka va tajribalariga va xakozo. 
Korxonada qaysi hisob shakli qo‘llanilishidan qat’iy nazar, O‘zbekiston 
Respublikasining «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonuniga to‘liq amal qilinishi 
shart.
Buxgalteriya hisobi shakllari quyidagi turlarga bo‘linadi: 

memorial order shakli; 

bosh daftar shakli;

jurnal order shakli; 

axborot texnologiyalariga asoslangan shakl. 
Buxgalteriya hisobi shakllari bir biridan quyidagi xususiyatlariga ko‘ra farq 
qiladi: 
1. 
Shakldagi registrlarning soni, vazifasiga ko‘ra. 
2. 
Registrlar tashqi ko‘rinishiga ko‘ra. 
3. 
Registrlarda xronologik va tizimli yozuvlar aks ettirilishiga ko‘ra. 
4. 
Sintetik va analitik hisob ma’lumotlarini birgalikda yozish tartibiga ko‘ra. 
5. 
Yozuvlarni yozish tartibi va texnika vositalarning qo‘llash tartibiga ko‘ra. 
Buxgalteriya hisobining Bosh daftar shaklida hisob ishlarida qulaylik 
yaratish maqsadida oy davomidagi xo‘jalik jarayonlari reestrini yuritish mumkin. 
Xo‘jalik jarayonlari reestri asosida esa Bosh daftar to‘ldiriladi 
 


138 
14-jadval 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   194




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin