192
faqat xo‘jalik operatsiyalari dastlabki hujjatlar bilan rasmiylashtiriladi.
Markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobida hisob apparati korxonaning
alohida bo‘linmalariga tarqatilib, u yerda sintetik va analitik hisob amalga
oshiriladi hamda bo‘linma, bo‘lim va boshqa tarkibiy bo‘linmalarning
balans va
hisobotlari tuziladi. Bu holda markaziy buxgalteriya tarkibiy bo‘linmalarning
balans va hisobotlarini umumlashtirib, butun korxona bo‘yicha yig‘ma balans va
hisobotlarni tuzadi hamda tarkibiy bo‘linmalarda buxgalteriya hisobi va
hisobotning yuritilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Aksariyat korxonalarda markazlashtirilgan buxgalteriya hisobi tizimi
qo‘llaniladi. Ayrim korxonalarda muayyan shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda
qisman markazlashtirilmagan buxgalteriya hisobi tashkil etilib, tarkibiy
bo‘linmalarda dastlabki hujjatlarni tuzishdan tashqari ayrim sintetik schyotlar
bo‘yicha analitik hisob yuritiladi, xarajatlar hisobi amalga
oshiriladi, mahsulot (ish,
xizmat)larning haqiqiy tannarxi hisoblanadi va h.k. Lekin, tarkibiy bo‘linmalarda
yakuniy buxgalteriya hisobi yuritilmaydi. Balans hamda boshqa hisobot shakllari
tuzilmaydi.
Buxgalteriya xodimlarining mehnatini tashkil etishda, hisob ishlarining
grafigini tuzish muhim bosqich hisoblanadi.
Hisob ishlari grafiklarining asosiy maqsadi xodimlar o‘rtasida vazifalarni
taqsimlash, ishlarning bajarilish muddatlarini aniqlash bo‘lib, hisob xodimlarining
mehnatini ilmiy tashkil etish bo‘yicha tadbirlar belgilanmoqda. Bunday grafiklar
individual, tuzilmaviy va yig‘ma bo‘lishi mumkin.
Individual grafiklar (kalendar rejalar)da har bir hisob xodimi tomonidan
qanday ishlar va ular qaysi muddatlarda bajarilishi ko‘rsatiladi.
Grafikda
xodimning ish kuni davomida va undan uzoqroq davrlarda (hafta, oy, chorak va
h.k.) band bo‘lishi ta’minlanadi.
Tuzilmaviy grafiklarda buxgalteriyaning yoki korxonaning alohida tarkibiy
bo‘linmalari (hisob-kitob bo‘limi moddiy bo‘lim, omborxona va h.k.) tomonidan
qanday ishlar va qaysi muddatlarda bajarilishi lozimligi ko‘rsatiladi.
193
Yig‘ma grafikda butun korxona bo‘yicha alohida hisob ishlarini bajarish
(inventarizatsiya o‘tkazish, moliyaviy, statistik va boshqa hisobotlarni tuzish va
sh.k.) muddatlari ko‘rsatiladi. Unda korxona bo‘yicha
butun hisob-jarayoni
umumlashtirilgan holda aks ettiriladi. Uning bajarilishi uchun korxona bosh
buxgalteri mas’ul hisoblanadi. Hisob ishlarining grafigi jadvallar ko‘rinishida
tuzilib, ularda rejalashtirilgan ishlarning bajarilish muddatlari to‘g‘risida belgi
qo‘yish ko‘zda tutiladi.
Buxgalteriya korxonani zarur va mustaqil tarkibiy bo‘linmasi bo‘lib, uni
bosh buxgalter boshqaradi. Buxgalteriya apparatining tuzilishi korxonaning
boshqaruv tuzilmasi, ishlab chiqarish texnologiyasi, hisob ishlarining hajmi va
texnik vositalar mavjudligiga bog‘liq.
Qoidaga ko‘ra bosh buxgalter lavozimdan bo‘shatilgan vaqtida ishlar yangi
tayinlangan bosh buxgalterga topshirilishi lozim.
Yangidan tayinlanadigan
buxgalter bo‘lmagan hollarda korxona rahbarining buyrug‘i bilan tayinlangan
xodimga topshiriladi. Bunda buxgalteriya hisobining ahvoli va hisobot
ma’lumotlarining ishonchliligi tekshirilib dalolatnoma tuzilishi va korxona rahbari
tomonidan tasdiqlanishi maqsadga muvofiq.
Bizningcha, qabul qilish-topshirish dalolatnomasi ikki nusxada tuzilib,
undan birinchisi korxonada qoldirilishi va ikkinchi nusxasi ishni topshiruvchiga
berilishi lozim.
Hujjatlar aylanish grafigi qishloq xo‘jalik korxonalarida buxgalteriya
hisobini tashkil etishda muhim jarayon hisoblanadi. Shuning uchun bu jarayon
xo‘jalikda hisob siyosati to‘g‘risidagi buyruqqa ilova
sifatida berilishi kerak va
uning bajarilishini qat’iy nazorat qilish shart.
Shuni qayd etish zarurki, turli hujjatlar bo‘yicha hujjatlar aylanish rejasida
ularni taqdim etish va ishlov berishning turlicha tartibi ko‘zda tutiladi. Ayrim
hujjatlar buxgalteriya hisobi registrlaridagi yozuvlar uchun ularni oldindan
guruhlarga ajratmasdan bevosita asos bo‘ladi: asosiy vositalarni kirim qilish va
hisobdan chiqarish dalolatnomalari, turli buxgalteriya ma’lumotnomalari va
194
shunga o‘xshashlar. Bunday holda hujjatlar aylanishi
grafigida tegishli hujjatni
markaziy buxgalteriyaga ulardagi ma’lumotlar asosida hisob registrlariga
yozuvlarni yozish uchun bevosita taqdim etish ko‘zda tutiladi. Boshqa hujjatlar
(ular ko‘p qismni tashkil etadi) oldindan guruhlanadi va tegishli yig‘ma hujjatlarda
umumlashtiriladi. Masalan, ishlab chiqarishga qilingan xarajatlar va mehnatni
hisobga olish bo‘yicha hujjatlardagi ma’lumotlar tegishli jamg‘arma
vedomostlarida yoki jurnallarda qayd etiladi, moddiy boyliklar harakati
ko‘rsatkichlari - moddiy boyliklar harakatlari haqidagi hisobotlarda,
kassa
hujjatlari ma’lumotlari – kassirning hisobotlarida qayd etiladi va h.k. Hisob
registrlaridagi barcha keyingi yozuvlar tuzilgan yig‘ma hujjatlar asosida olib
boriladi. Tabiiyki, ushbu guruhdagi hujjatlar bo‘yicha hujjatlar aylanishi rejasida
dastlabki hujjatlarning ularni tuzishdan tortib, tegishli yig‘ma hujjatni
rasmiylashtirishga qadar bo‘lgan harakati qayd etiladi. Bunda ko‘pchilik hollarda
bu ishlar xo‘jalikning
markaziy buxgalteriyasida emas, balki bo‘linma
buxgalteriyasida qayd etiladi.
Buxgalteriya hisobini tashkil etishda hamda hisob siyosatini ishlab chiqishda
xo‘jaliklarda hujjatlar aylanish grafigiga kam e’tibor qaratiladi va undan keyin
amalga oshiriladigan hisob ishlari yoritilishi bo‘yicha ishonchli manbalar juda kam
uchraydi. Fikrimizcha, xo‘jalikda hujjatlar aylanish grafigi bilan birga hisob
ishlarining bajarilish grafigi ishlab chiqilishi hisobni tashkil etishda bir qator
murakkabliklarni bartaraf qiladi.
Hisob
Dostları ilə paylaş: