154
Oʻrganish nafaqat sinfda, balki boshqa har qanday joyda: saylgoh yoki kafe
kabi jamoat joylarida ham mumkin boʻladi. Ta’lim jarayonini bogʻlaydigan asosiy
element - bu faol ta'lim mazmuni, uning asosida vaqt va makon ramkalarini olib
tashlash imkonini beradigan yagona bazalar yaratishdir.
Demak, oʻqitishning yangi – smart texnologiyalari zamonaviy ta’lim tizimining
ajralmas qismi boʻlib qoladi. U insoniyatga beqiyos imkoniyatlarni hadya etib,
zamon va makon chegaralarini olib tashladi. Smart texnologiyalardan unumli
foydalanish nafaqat maktab oʻquvchilari, talabalar, katta yoshli oʻrganuvchilar,
balki kasbiy malaka oshiruvchilarni ham yangi bilimlarga boʻlgan qiziqishni
kuchaytirishi kerak, shunda ular jahon hamjamiyatida muvaffaqiyatli muloqot qila
oladilar, barcha talabalarni oʻz-oʻzini tarbiyalash jarayoniga faol jalb qiladilar.
Dostları ilə paylaş: