Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Yagona yer solig‘i stavkasi



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Yagona yer solig‘i stavkasi
31
 
To‘lovchilar
Normativ qiymatga 
nisbatan stavka, foizda
32
Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar 
0.95 
Yagona yer solig‘ini to‘lashdan quyidagilar ozod qilinadi: 

ixtiyoriy tugatilayotgan tadbirkorlik subyektlari - yuridik shaxslar 
davlat ro‘yxatidan o‘tkazuvchi organ ixtiyoriy tugatish to‘g‘risida qabul 
qilingan qaror haqida xabardor qilingan kundan e’tiboran. Ixtiyoriy 
tugatish qonun hujjatlarida belgilangan muddatlarda tugallanmagan yoki 
tugatish tartib-taomili tugatilgan va faoliyat qayta tiklangan taqdirda 
ushbu imtiyoz qo‘llanilmaydi hamda soliq summasi imtiyoz qo‘llanilgan 
butun davr uchun to‘liq miqdorda undiriladi. 

yuridik shaxslar, yer uchastkasining qaysi qismida tomchilatib 
sug‘orishdan foydalanilayotgan bo‘lsa, o‘sha qismida tomchilatib 
sug‘orish tizimi joriy qilingan oydan boshlab besh yil muddatga. 
Qishloq xo‘jaligi tovarlari ishlab chiqaruvchilar - yagona yer solig‘i 
to‘lovchilarga Soliq kodeksining 282-moddasining ikkinchi qismida 
nazarda tutilgan yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlar ham tatbiq etiladi. 
Ularga quyidagilar kiradi:

bog‘dorchilik, uzumchilik yoki polizchilik shirkatlarining umumiy 
foydalanishdagi (kirish yo‘llari, sug‘orish ariqlari, kollektorlar va umumiy 
foydalanishdagi boshqa yerlar), jamoa garajlarining yerlari;

davlat qo‘riqxonalarining, kompleks (landshaft) buyurtma 
qo‘riqxonalarining, tabiat bog‘larining, davlat tabiat yodgorliklarining, 
buyurtma qo‘riqxonalarning (ovchilik xo‘jaliklarida tashkil etiladigan 
buyurtma qo‘riqxonalar bundan mustasno), tabiiy pitomniklarning, davlat 
biosfera rezervatlarining, milliy bog‘larning yerlari, yuqorida ko‘rsatilgan 
31
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining 2018 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari to‘g‘risida»gi PQ-3454-sonli qaroridan 
olindi. 
32
Bunda jamoat imoratlari va hovlilari bilan band bo‘lgan erlar 2,0 koeffitsientini qo‘llagan holda baholanadi. 


119
muhofaza etiladigan tabiiy hududlarning xo‘jalik faoliyati yuritilayotgan 
yerlari bundan mustasno; 

sog‘lomlashtirish ahamiyatiga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati 
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - tegishli muassasalar va 
tashkilotlarga belgilangan tartibda doimiy foydalanishga berilgan, 
profilaktika va davolash ishlarini tashkil etish uchun qulay tabiiy 
shifobaxsh omillarga ega bo‘lgan yer uchastkalari;

rekreatsiya ahamiyatiga molik yerlar (xo‘jalik faoliyati 
yuritilayotgan yerlar bundan mustasno) - aholining ommaviy dam olishi 
va turizmini tashkil etish uchun tegishli muassasalar hamda 
tashkilotlarga berilgan yerlar;

suv fondi yerlari.

elektr uzatish liniyalari, ularning podstansiyalari va inshootlari 
egallagan yerlar;

madaniyat, ta’lim va sog‘liqni saqlash obyektlari egallagan yerlar;

sport va jismoniy tarbiya-sog‘lomlashtirish majmualari, onalar va 
bolalarning dam olish hamda sog‘lomlashtirish joylari, dam olish uylari 
hamda o‘quv-mashq bazalari egallagan yerlar;

O‘zbekiston Respublikasining Investitsiya dasturiga kiritilgan 
obyektlar qurilishi uchun ajratilgan yerlar, normativ qurilish muddati 
davrida;

konservatsiyaga qo‘yilishi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining qarorlari qabul qilingan obyektlar egallagan 
yerlar, ularning konservatsiyasi davrida;

yuridik shaxs balansida bo‘lgan va xo‘jalik faoliyatida foy-
dalanilmaydigan fuqaro muhofazasi hamda safarbarlik ahamiyatiga 
molik alohida joylashgan obyektlar egallagan yerlar;

ihota o‘rmon daraxtzorlari egallagan yerlar.

qishloq xo‘jaligi maqsadlari uchun yangi o‘zlashtirilayotgan 
yerlar, ularni o‘zlashtirish ishlari bajariladigan davrda va ular 
o‘zlashtirilgan vaqtdan e’tiboran besh yil mobaynida;

melioratsiya ishlari amalga oshirilayotgan mavjud sug‘oriladigan 
yerlar, ishlar boshlanganidan e’tiboran besh yil muddatga;

yangi barpo etilayotgan bog‘lar, tokzorlar va tutzorlar egallagan 
yerlar, daraxtlarning qator oralaridan qishloq xo‘jaligi ekinlarini ekish 
uchun foydalanilishidan qat’iy nazar uch yil muddatga; 


120

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin