Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Soliqni hisoblash, hisob-



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Soliqni hisoblash, hisob-
kitoblarni taqdim etish 
va to‘lash tartibi

ilmiy tashkilotlarning qishloq xo‘jaligi ahamiyatiga molik va 
o‘rmon fondidagi yerlari, qishloq xo‘jaligi va o‘rmon xo‘jaligi so-
hasidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlari hamda o‘quv yurtlariga qarashli 
tajriba, eksperimental va o‘quv-tajriba xo‘jaliklarining bevosita ilmiy 
hamda o‘quv maqsadlari uchun foydalaniladigan yerlari. 
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga soliqdan imtiyoz 
belgilanganda ular soliqni ushbu huquq paydo bo‘lgan oydan boshlab 
to‘lashni to‘xtatadilar. Soliq imtiyozlari bekor qilingan taqdirda ular 
yagona yer solig‘ini ushbu huquq bekor qilingan oydan keyingi oydan 
boshlab to‘lashni boshlaydilar. 
Soliq to‘lovchilar yagona yer solig‘i 
summasini belgilangan shakl bo‘yicha 
soliq solinadigan bazaga qarab yer 
uchastkalarining normativ qiymati hamda 
yer uchastkalarining maydonidan kelib chiqqan holda hisoblab 
chiqadilar. Yagona yer solig‘ining hisob-kitobi yer uchastkasi 
joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organiga joriy soliq davrining 1 
mayigacha taqdim etiladi (3-ilova). 
Yil davomida berilgan yer uchastkalari uchun yagona yer solig‘i yer 
uchastkasi berilganidan keyingi oydan boshlab to‘lanadi. Yer uchastkasi 
olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) taqdirda, yagona yer solig‘ini to‘lash yer 
uchastkasi olib qo‘yilgan (kamaytirilgan) oydan boshlab to‘xtatiladi 
(kamaytiriladi). 
Yer uchastkasining tarkibi va maydoni yil davomida o‘zgargan, 
shuningdek, yagona yer solig‘i bo‘yicha imtiyozlarga bo‘lgan huquq 
vujudga kelgan (tugatilgan) taqdirda, soliq to‘lovchilar davlat soliq 
xizmati organlariga hisobot yilining 1 dekabrigacha yagona yer 
solig‘ining aniqlik kiritilgan hisob-kitobini taqdim etishlari shart. 
Yagona yer solig‘ini to‘lash quyidagi muddatlarda amalga 
oshiriladi: 

hisobot yilining 1 sentabrigacha - yillik soliq summasining 30 
foizi; 

hisobot yilining 1 dekabrigacha - soliqning qolgan summasi. 
Qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilari buxgalteriya hisobida 
yagona yer solig‘i bo‘yicha byudjet bilan hisob-kitobni byudjetga 
to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga olish hisobvarag‘ida yuritadilar. 


121

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin