126
umumlashtirish va soliqqa tortish bazasini uyg‘unlashtirish masalasi hal
qilinmagan. Bu esa, ushbu mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro tashqi savdo
munosabatlarini rivojlantirishga to‘sqinlik qiladi.
O‘zbekiston soliq tizimida qo‘shilgan qiymat solig‘i 1992 yildan
buyon amal qilmoqda. Ushbu soliq oborotdan olinadigan soliq va
sotuvdan olinadigan soliq o‘rniga aksiz solig‘i bilan birgalikda
kiritilgan. Bu soliq oborot solig‘idan farqli ravishda faqat qo‘shilgan
qiymatdan undiriladi. Oborot solig‘i esa bir marotaba umumiy
oborotdan olinar edi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjetining daromad manbayi
sifatida qo‘shilgan qiymat solig‘i hozirga qadar o‘zining muhim o‘rnini va
amaliy ahamiyatini saqlab kelmoqda. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2016 yil 27 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasining
2017 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va Davlat
byudjeti parametrlari to‘g‘risida» gi PQ-2699-sonli qaroriga ko‘ra 2017
yilda qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti daromadlari tarkibidagi
salmog‘i 30,2 foizni, egri soliqlardagi ulushi esa 55,3 foizni tashkil etishi
prognozlashtirilgan. Ushbu ko‘rsatkichlar qo‘shilgan qiymat solig‘ini
byudjet daromadlarining asosiy manbayi ekanligini bildiradi (3.3.1-
diagramma).
3.3.1-diagramma. Qo‘shilgan qiymat solig‘ining davlat byudjeti
Dostları ilə paylaş: