Microsoft Word Umumiy soliqlar va soliqqa tortish rtf rtf


Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo‘shilgan qiymat



Yüklə 3,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/220
tarix21.10.2023
ölçüsü3,58 Mb.
#158531
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   220
Элекрон қулланма (дарслик)

Moliyaviy xizmatlarning quyidagi turlari qo‘shilgan qiymat 
solig‘idan ozod etilgan: 

kreditlar, zayomlar bo‘yicha foizlarni hisoblab chiqarish va 
undirish, kreditlar, zayomlar berish, kafilliklar (kafolatlar), shu jumladan 
bank kafolatlari berish;

depozitlar qabul qilish, yuridik va jismoniy shaxslarning bank 
hisobvaraqlarini, shu jumladan vakil banklarda hisobvaraqlarini ochish 
va yuritish;

to‘lovlar, o‘tkazmalar, qarz majburiyatlari, cheklar va to‘lov 
vositalari bilan bog‘liq operatsiyalar, inkasso bo‘yicha operatsiyalar; 

milliy valuta va chet el valutasi bilan bog‘liq operatsiyalar, 
numizmatika maqsadlarida foydalaniladiganlari bundan mustasno; 

yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog‘ozlar depo-
hisobvaraqlarini, shu jumladan vakil depozitariylarini ochish hamda 
yuritish;

qimmatli qog‘ozlar (aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli 
qog‘ozlar) bilan bog‘liq operatsiyalar;

qimmatli qog‘ozlarni, yuridik shaxslarning ustav fondidagi (ustav 
kapitalidagi) ulushlarni (paylarni) realizatsiya qilish;

kliring operatsiyalari;

akkreditivlar ochish va ularga xizmat ko‘rsatish;

pul mablag‘larini konvertatsiya qilish bo‘yicha operatsiyalar;


139

chet el valutasi bilan ayirboshlash operatsiyalarini tashkil etish;

kassa operatsiyalari (banknot va tangalarni qabul qilib olish, 
berish, qayta hisoblab chiqish, maydalab berish, almashtirish, saralash 
va saqlash);

moliyaviy ijara (lizing) shartnomasining ijaraga beruvchining 
(lizingga beruvchining) foiz tariqasidagi daromadiga tegishli qismi 
bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish;

forfeyting va faktoring operatsiyalari;

lombard operatsiyalari (garovga qo‘yilgan mol-mulkka qisqa 
muddatli kreditlar berish);

jamg‘arib boriladigan pensiya tizimi mablag‘larining oboroti; 

mijozlarning hisob raqamlariga banklar tomonidan elektron 
masofali xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar. 
Sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish 
xizmatlari bo‘yicha sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari 
tomonidan amalga oshiriladigan sug‘urta qilish bo‘yicha xizmatlar bu 
xizmatlar natijasida: 

sug‘urta bozorining professional ishtirokchisi quyidagilarni olsa, 
qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod qilinadi: 

sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish 
shartnomalari bo‘yicha sug‘urta mukofotlari;

qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha 
vositachilik haqi va tantemalar;

sug‘urta agenti, sug‘urta va qayta sug‘urta brokeri, syurveyer 
hamda sug‘urta bozorining boshqa professional ishtirokchilarining 
xizmatlari uchun vositachilik haqi;

qayta sug‘urta qilishga topshirilgan shartnomalar bo‘yicha 
sug‘urta to‘lovlari ulushining qayta sug‘urtalovchilar tomonidan 
to‘lanadigan to‘lovini;

sug‘urta qilish, birgalikda sug‘urta qilish va qayta sug‘urta qilish 
shartnomalari bo‘yicha uchinchi shaxslardan subrogatsiya (regress) 
tartibida talab qilish bo‘yicha daromadlar;

sug‘urta bozorining professional ishtirokchilari (aktuariylar, 
ajasterlar, syurveyerlar, assistans xizmatlari va shu singarilar) ko‘rsatgan 
xizmatlardan olinadigan daromadlar;

qayta sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha depo mukofotlariga 
hisoblangan hamda qayta sug‘urta qildiruvchi tomonidan qayta 
sug‘urtalovchiga o‘tkazilgan foizlar;

hayotni sug‘urta qilish shartnomalari bo‘yicha sug‘urta qildiru-
vchilar taqdim etgan zayomlardan olinadigan daromadlar;


140

Yüklə 3,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   220




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin