B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

Tasviriy vositalar
M a’lum ki, rasm chizish qalam va b o ‘yoqlarda bajarilib, 
tasvirlar chiziqlar, shtrixlar, nuqtalar, rang tonlari vositasida 
yaratiladi.
Chiziqlar 
vositasida h ar qanday narsa va predm etlarning 
shakli, tuzilishi, rangi hamda yorug‘-soyalari ifoda egiladi. Chiziq­
lar o ‘zining uzun-qisqaligi, yo‘g‘on-ingichkaligi va tiniq-xira 
(rangli), nursizligiga ko‘ra tasvirlar yaratishda turli holatlarda 
qo‘llaniladi (11- 
e
rasm).
55


e
11- 
e
 rasm. Ko‘zni o'rgatish mashqlan. Chiziqlar.


Rassomlikda eng katta masofalami tasvirlashdan tortib, eng 
qisqa, tor, yoysimon va notekis o‘rinlarni, yorug‘-soyalarni, 
hatto tezlik va sekinlikni ham tasvirlay oladigan vosita bu 
shtrixlardir.
Shtrixlar 
— sirtlarning holatini, ularni tekis-notekisligini, 
tozaligi, yorug‘-soyalarini, shu’la va yaltiroqligini ham ifoda etish 
vositasi bo‘lib xizmat qila oladi.
Rasm chizuvchi shtrixdan foydalanganda, eng aw al u shtrix 
beriladigan o‘rinni yaxshi kuzatishi, shtrix yo‘llarini topa olishi, 
uni idrok eta olishi zarur.
Shtrixlar — tekislikning yo‘nalishiga ko‘ra tik, yotiq, o‘ngga, 
chapga qiyalatilgan, ikki tomonlama, ustma-ust beriladi. Ammo 
shuni esda tutish lozimki, rasm chizuvchi shtrix chiziqlarini 
(albatta bir yo‘nalishdagisini) parallel holda bo‘lishiga e’tibor 
berishi kerak. Bu shtrixlar oddiy rasm yoki etud chizishdan 
boshlab, akademik rasm chizishgacha asosiy tasvirlash vositasi 
sifatida qo'llanilladi.
Tasvirlashning yana bir vositasi — 
nuqtalardir. 
Nuqtalar 
kamroq ishlatilsa-da, uning yordamida har qanday tekislikni
masofani, yorug‘- soyalami tasvirlash mumkin. Ayrim hollarda 
sirt tekisligini, undagi yorug'-soyalarni yoki suyuqlik yuzalarini 
ifodalashda ham nuqtadan keng foydalaniladi.
Rasm chizishga qiziqib, uni o‘rganishga astoydil kirishayotgan 
har bir kishi shoshilmay, ishni narsaning o‘ziga qarab rasmni 
chizishdan boshlab dastlabki mashqlarni sabr-chidam bilan, 
mustahkam egallab olishi lozim. Buning uchun qo‘llanmada zaru- 
riy mashq ko‘rsatma — vazifalari berilgan. Ularda turli holatdagi 
chiziqlar, shtrixlar, ularning qo‘llanishi bo‘yicha oddiy shakllar, 
tekisliklar berilgan bo‘lib, bulami mashq qilish jarayonida qalamni 
ushlash, uni yo‘naltirish, chiziq va shtrixlarni istalgan tomonga 
yo‘naltirish, istalgan holatda burish, istalgan rang, yorug‘-soya- 
larni berish yo‘llari o‘rganib olinadi (12- rasm).
Chiziqlar, shtrixlar va nuqtalar bilan sirtlarni tasvirlashni 
o ‘zlashtirib olgandan so‘ng, asta-sekin narsalarning rasmini 
chizishga o ‘tiladi. Bunda narsalarni o ‘ziga qarab rasm chizish 
mashqlari g‘oyat samarali bo‘ladi.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin