B. N. Oripov tasviriy san’at va uni 0 ‘qitish metodikasi



Yüklə 5,65 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə97/108
tarix21.10.2023
ölçüsü5,65 Mb.
#158555
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   108
Oripov B.N. Tasviriy san`at va uni o`qitish metodikasi

Darsning jihozlari. 
Kub, prizmava ular tasviri angan rasmiar. 
Kub rasmini chizish bo‘yicha rasm-jadval. IV sinf tasviriy san’at 
darsligidagi rasmlar.
Darsning bog‘lanishi. 
Dars IV sinf matematika o‘quv pred- 
metining „hajm haqida m a’lumot“ darsi va chizmachilik fanining 
„aksanometrik proyeksiya“ darslari bilan bog‘lanadi.
Darsning rejasi. 
Tashkiliy davr. Uy vazifasini tekshirish. 
Yangi mavzuni bayon etish. 0 ‘quvchilarning mustaqil ishiari- 
ni tashkil etish. Sinf ishining tahlili. Uyga vazifa berish. Darsni 
yakunlash.
Darsning borishi. 
Tashkiliy davr. Kabinetni darsga hozirlash. 
0 ‘quvchilarning darsga tayyorgarligini nazoratdan o‘tkazish.
Uy vazifasini tekshirish va baholash:
4—6 o‘quvchining uy ishi tahlil qilinadi va baholanadi.
Tahlil uchun taxm iniy savollar:
1. Bu ishni kim bajargan?
2. Ish uyga berilgan vazifa asosida bajarilganmi?
3. Bu ish sizlarga yoqadimi?
4. Rasm yaxshi ishlanganmi?
5. Rasmda qanday kamchiliklar bor?
6. Rasmning qaysi oTinlari yaxshi ishlangan?
7. Rasmni qanday baholaymiz? va h.k.


Yangi m avzuni bayon etish.
Yangi mavzu. Kubning o'ziga qarab rasmini chizish (qalam­
tasvir).
Kub bir-biriga teng 6 ta tomon, 12 ta qirraga ega boigan 
geometrik shakldir. Kub hajm birligi sifatida qabul qilingan. Kub 
shaklidagi buyumlar turmushimizda ko‘plab uchraydi. Masalan, 
akvarium, quticha va boshqalar. Agar siz kub rasmini chizishni 
bilib olsangiz, shunga o ‘xshash narsalarning rasmini bemalol 
chiza olasiz. Mana bu kub, uni yaxshilab kuzating, uning tomon- 
lari, qirralarini ko‘ring, ular bir-biriga teng. Uning rasmini chi­
zishda daftaringizdan kub rasmi sig‘adigan joyni belgilang.
Doimo hajmli predmetlarni chizishda kontur chiziqlardan 
foydalaning. Ya’ni kubning umumiy balandligi va enini topib oling. 
So‘ngra tik qirralarini topib belgilang.
Kubning tik qirralari balandligini ko‘z bilan chamalab, belgi- 
langan nuqtalami qo‘shib chiqing. Shunda kubning umumiy tasviri 
chiqadi. So‘ngra chiziqlarning egri-bugri joylarini to‘g‘rilab chiqing.
Shu yerda sizga yaqin turgan qirralarning biroz uzunligini 
sezyapsizmi? Doskadagi rasmlarni kuzating. Kubning shakli to ‘g‘ri 
topilgan bo‘lsa, kontur chiziqlaringizni o ‘chirib tashlaysiz. Shun- 
dan keyin kubning ko‘rinib turgan uchta tomonini shtrixlar bilan 
bo‘yab chiqing. Tomonlami bo‘yaganingizda tomonlar bir-biridan 
oq-qoraligi bo‘yicha farq qilsin. Jadvaldagi kub rasmini yaxshilab 
kuzating. Undagi qaysi qirralar sizga uzunroq, qaysilari qisqaroq 
ko‘rinyapti? Siz doskadagi jadvalda kubning chiziqlarini qis- 
qarishini ko‘rib chiqing, yaqindagi narsadan uzoqdagi narsaning 
kichik bo‘lib ko'rinishini eslang. Shuning uchun kub qirralarida 
ham shu kichrayish — perspektiva hodisasi sodir bo‘ladi, uni 
rasmda tasvirlaysiz. So‘ngra qalamda bo‘yashga kirishasiz.

Yüklə 5,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   108




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin